Joriy yilning 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahridagi “IG Arena” majmuasida yirik professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda turli yo‘nalishlarda 6 ta bahs va markaziy jang tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, oqshomning markaziy janggi ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda ushbu vaznda WBA yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempion bo‘lib turgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasida kechadi. 

Ma’lumot o‘rnida: Murodjon Ahmadaliyevning professional boksdagi janglari soni 15, ulardagi g‘alabalar soni esa 14 tani tashkil qilmoqda. 

Naoya Inoue super vazn toifasida amaldagi mutlaq jahon chempioni, to‘rtta vazn toifasini zabt etishga muvaffaq bo‘lgan va hech qachon mag‘lub bo‘lmagan bokschi hisoblanadi. Yaponiyalik bokschi Jahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks tashkiloti (WBO), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempionlik unvonlariga ega.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Murodjon Ahmadaliyevning tarixi jangiga ikki kun qoldi