Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi hamkorligida “Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiya va byurokratiyaning oldini olishda notariatning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbir doirasida Qo‘mita va Notarial palata o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Ushbu hujjat qonun ijodkorligi jarayoni samaradorligini oshirish, huquqni qo‘llash amaliyotini soddalashtirish, qonunchilik tizimini yanada ixcham va xalqchil qilish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda qonunlarning ta’sirini kuchaytirishni ko‘zda tutadi.

Shundan so‘ng, Qo‘mita a’zosi, deputat Abdumannon Bo‘riyev deputatlik so‘rovi doirasida amalga oshirilgan o‘rganishlar natijalarini taqdim etdi. Uning ma’lum qilishicha, o‘rganishlar Toshkent shahri va viloyati notariuslari o‘rtasida o‘tkazilgan bo‘lib, bu jarayon haqida tegishli tashkilotlar xabardor bo‘lmagan. Deputatning ta’kidlashicha, notariuslar qonunchilikdagi mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirgan.

Qo‘mita raisi Jahongir Shirinov o‘z nutqida qonunlarni takomillashtirish jarayonida mutaxassislar fikrini o‘rganish muhimligini ta’kidladi:
– Prezidentimiz ta’kidlaganidek, qonunlar xalqchil bo‘lishi shart. Shu bois amaliyotdan kelib chiqib mutaxassislarning takliflarini inobatga olish – biz uchun ustuvor vazifadir, – dedi u.

Muloqot davomida Zangiota tumanida xususiy amaliyot olib borayotgan notarius Abdubositxo‘ja Boisxo‘jayev va Olmazor tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Shoira Bilolxo‘jayeva sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, fuqarolar va notariuslar uchun yaratilgan qulayliklar hamda yechim kutayotgan muammolar haqida ma’lumot berishdi.

Shuningdek, tadbirda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hatamov, Oliy sud, Bosh prokuratura va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi vakillari ishtirok etdi so‘zga chiqdi.

Muloqot yakunida notariuslarning korrupsiyaning oldini olishdagi o‘rni va bu yo‘nalishdagi ahamiyati alohida qayd etildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlisda deputatlar va notariuslar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi