Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda xorijdagi vatandoshlar va chet elga ishga borish istagidagi yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining joriy yil 30 iyundagi yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan taklif va tashabbuslari doirasida 2025 yilning iyul–dekabr oylarida sohalar kesimida yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Shunga ko‘ra, tashkil etilgan tadbirda mas’ul rahbarlar yoshlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning takliflari, g‘oyalari va muammolarini tingladi. Eng muhimi, bu fikrlar asosida amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilab borildi.
Jumladan, tadbirda Abdurahmon Hasanov chiqindilarni qayta ishlash, yashil iqtisodiyot va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha o‘z taklifini mas’ullarga taqdim etdi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev mazkur taklifni qo‘llab-quvvatlab, agentlik huzurida yaqinda tashkil etiladigan “Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi faoliyatida Abdurahmon ham ishtirok etishini taklif qildi.
Quvonchbek Abdurahmonov esa eng xavfsiz shaharlardagi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish borasida taklifini bildirdi.
Shuningdek, tadbirda ko‘plab yoshlarimizning fikr-mulohazalari tinglandi. Ularga mas’ullar tomonidan ijobiy fikrlar bildirildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/W9CiyCFU-YU?si=R2LH7p8X1sqrFD6E" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj),
O‘zA muxbiri