Bundan qariyb ikki hafta oldin O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safida “Brayton”ga qarshi uchrashuv paytida jarohat olgan edi va tiklanish muddati kamida 14 kunni tashkil etishi belgilangan edi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, klubning “City Football Academy” bazasida tashkil etilgan birinchi jamoaviy mashg‘ulotida jarohatidan qutulgan sakkiz nafar futbolchi orasida Abduqodir Husanov ham ishtirok etdi.

Bu esa katta ehtimol bilan “MS”ning navbatdagi uchta muhim o‘yinida Abduqodirning maydonga tushishiga umid bag‘ishlaydi.  

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining to‘rtinchi turida 14 sentyabr kuni o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qilsa, 18 sentyabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi birinchi turida Italiya chempioni “Napoli” klubini mehmon qiladi. 20 sentyabr kuni esa milliy chempionat doirasida “Arsenal” bilan safarda o‘ynaydi.  

Ha, mazkur o‘yinlarga qadar Abduqodir Husanov to‘liq tiklanib, “Manchester Siti” jamoasi safiga qaytadi va klubdagi yorqin o‘yinlarini namoyish etadi.

Ma’lumot o‘rnida: Angliya Premer-ligasi to‘rtinchi turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” bahsi Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning navbatdagi o‘yinlariga tayyor