Tramp tarafdori, siyosiy faol shaxs Charli Kirk Yuta shtatidagi chiqishi chog‘i o‘qqa tutildi. Notiq bo‘ynidan yaralangan va og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Voqeadan biroz vaqt o‘tib Prezident Donald Tramp Kirkning vafotini ma’lum qildi.

– Buyuk va hatto, afsonaviy Charli Kirk hayotdan ko‘z yumdi, – degan Amerika yetakchisi. – Kelajak avlodni uningdek yaxshi tushunadigan, yoshlar dardiga Charlidek sherik bo‘ladigan odam yo‘q. Marhumni hamma yaxshi ko‘rardi, hurmat qilardi, ayniqsa men. Ayolim bilan birga uning rafiqasi Erika va oilasiga ta’ziya bildiramiz.

Nishonga qarata 100-200 metrdan o‘q uzilgan. Fojiadan bir necha soat o‘tgach, Federal qidiruv byurosi rahbari Kesh Patel jinoyat bo‘yicha bir shaxs ushlanganini e’lon qildi. Birozdan so‘ng, ya’ni so‘roq qilingach, gumondor qo‘yib yuborilgan.

Charli Kirk kim edi?

31 yoshli Charli Kirk AQSHdagi konservativ siyosiy oqimning, qolaversa shaxsan Donald Trampning eng mashhur ittifoqchisi, tarafdorlaridan biri edi. U o‘zi tashkil etgan talabalar uyushmasi ko‘magida maktab, kollej va universitetlarda an’anaviy Amerika qadriyatlarini targ‘ib qilardi. Universitet shaharchalarida ochiq siyosiy munozaralar tashkil etardi.

Ijtimoiy tarmoqda millionlab obunachiga ega yosh faol mamlakat bo‘ylab respublikachilarning turli tadbirlarida hozir edi. O‘tgan yil u tarafdor saylovchilar faolligini kuchaytirishda bor mahoratini ishga solgan. Masalan, Arizonada minglab yangi saylovchilarni ro‘yxatdan o‘tishga undagan va bu sa’y-harakat Trampning g‘alabasiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilgan.

Ahamiyatlisi, Kirkning o‘ldirilishiga nafrat bildirgan respublikachilar safiga juda ko‘p demokrat siyosatchilar ham qo‘shildi.

– Mamlakatimizda bunday zo‘ravonlikka o‘rin bo‘lmasligi kerak, – deb yozdi avvalgi Prezident Jo Bayden.

Sobiq vitse-prezident, Trampning saylovdagi asosiy raqibi Kamala Xarris voqeaga “Amerikada siyosiy sabab tufayli zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmasligi lozim” deya izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum Charli Kirk Trampning har ikki prezidentlik davrida siyosiy maslakdosh sifatida Oq uyga muntazam kelib turgan ekan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dUPDDSrd80I" title="Amerikada siyosiy faol otib o‘ldirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikada siyosiy faol otib o‘ldirildi (+video)