Poytaxtimizda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish yuzasidan O‘zbekiston – Janubiy Koreya forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev hamda Koreya markaziy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi bosh direktori Jeong Yong Ki ochib berdi.

Tadbirda qayd etilganidek, ikki davlat o‘rtasida ko‘plab sohalarda, xususan, markazlashgan issiqlik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ham qo‘shma loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Ushbu forum O‘zbekistonda markaziy issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni jadallashtirish va eng so‘nggi kogeneratsiya hamda trigeneratsiya texnologiyalarini joriy etishni maqsad qilgan. 

– Joriy yilning iyun, iyul oylari davomida mamlakatimizda koreyalik mutaxassislar tomonidan biomassa (chiqindi) asosida loyihalarni amalga oshirish va situatsion markaz barpo etish imkoniyatlari o‘rganib chiqildi, – deydi “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev. – Xususan, Angren, Qo‘qon va Jizzaxdagi chiqindi poligonlari va issiqlik korxonalariga tashriflar – uskunalarning holati, poligonlar ma’lumotlari va biomassa salohiyati o‘rganildi. Koreya kompaniyalari bilan onlayn uchrashuvlar – biomassa asosidagi kogeneratsiya loyihasi bo‘yicha texnik va moliyaviy savollar muhokama qilindi. Situatsion markazni barpo qilish bo‘yicha Navoiy, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Jizzax va Buxoro shaharlarida texnik o‘rganishlar o‘tkazildi.

Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan yil 12-iyunda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Koreya markaziy issiqlik taʼminoti korporatsiyasi (KDHC) oʻrtasida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolangan. Mazkur memorandumga asosan, Koreya tomoni bilan sohani rivojlantirish boʻyicha tajriba almashish, oʻrganish ishlarini olib borish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, korporatsiya mutaxassislarini muayyan muddatga sohani isloh qilish boʻyicha ekspert sifatida jalb etish va soha mutaxassislarining Koreya Respublikasida malakasini oshirish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda, korporatsiya (KDHC) mutaxassislari muayyan muddatga sohani isloh qilish boʻyicha ekspert sifatida jalb etildi.

Forumda hamkorlik loyihalarining mavjud holati, galdagi bajarilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar va tashabbuslar muhokama qilindi. Xususan, Koreya tajribasiga asoslangan zamonaviy markazlashgan issiqlik taʼminoti texnologiyalarini joriy qilish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Forum doirasida “Issiqliktaʼminoti” AJ hamda Koreya markaziy issiqlik taʼminoti korporatsiyasi (KDHC) oʻrtasida Anglashuv memorandumi ham imzolandi.

– Oʻzbekistonda markaziy issiqlik taʼminotini modernizatsiya qilish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyganmiz, – deydi Koreya markaziy issiqlik taʼminoti korporatsiyasi bosh direktori Jeong Yong Ki. – Mamlakatingiz issiqlik tizimiga soʻnggi kogeneratsiya hamda trigeneratsiya texnologiyalarini joriy etishni rejalashtirganmiz. Kogeneratsiya – bu bir vaqtning oʻzida elektr energiyasi va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish. Trigeneratsiya – kogeneratsiyadan ham kengroq qoʻllanadigan tizim boʻlib, elektr energiyasi va issiqlik bilan birga sovitish (havo yoki suvni sovitish) ham amalga oshiriladi. Maqsadimiz – “K-Heating”ning muvaffaqiyatli texnologiya va tajribalarini “Issiqliktaʼminoti” AJning hududiy xodimlariga yetkazish. “K-Heating” – bu Koreya tajribasiga asoslangan zamonaviy markazlashgan issiqlik taʼminoti texnologiyasi boʻlib, energiya tejamkorlik, havoni kam ifloslantirish va filtrlar orqali ekologik talablarga mos kelishi asosiy ustunlik tomoni sanaladi. KDHC tarkibida biomassa, biogaz, yoqilgʻi elementlari va quyosh issiqligi kabi manbalardan foydalanadi. Bu texnologiyalar 1 kVt· soat sof energiya olishda SO₂ chiqindilarini 30 foizgacha qisqartiradi. Gaz asosiy resurs hisoblangan Oʻzbekiston uchun bu tajriba yoqilgʻi diversifikatsiyasi va “yashil” issiqlikni taʼminlashda tayyor yoʻl xaritasi sanaladi.

Ikki kun davom etadigan forumda Koreyaning markaziy issiqlik taʼminoti, markaziy sovitish, kogeneratsiya va trigeneratsiya texnologiyalari bilan tanishtiriladi, yetakchi koreys kompaniyalari taqdimotlari oʻtkaziladi, biznes uchrashuvlar tashkil etiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wKtdmU8o4Hk" title="Markazlashgan issiqlik ta’minoti texnologiyalari joriy etiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova, Nishonboy Abduvoitov (video), OʻzA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya tajribasiga asoslangan zamonaviy markazlashgan issiqlik ta’minoti texnologiyalari joriy etiladi (+video)