Amerikalik konservativ siyosatchi Charli Kirk suiqasddan so‘ng vafot etdi, deb yozdi Prezident Donald Tramp ijtimoiy tarmoq sahifasida.

– Buyuk va hatto afsonaviy Charli Kirk vafot etdi, – degan u. – Hech kim Amerika yoshlarini Charlidan yaxshiroq tushunmagan, uningdek kelajak egalariga hamdard bo‘lolmagan. Kirkni hamma yaxshi ko‘rardi, ayniqsa men. U endi biz bilan emas, hammamizni g‘aflatda qoldirdi... Melaniya va men marhumning go‘zal rafiqasi Erika va oilaning barcha a’zolariga hamdardlik bildiramiz. Charli, biz sizni yaxshi ko‘ramiz!

Kirk bugun Yuta vodiysi universitetidagi ommaviy tadbirda sodir bo‘lgan otishmada yaralangan. Avvaliga u tirikligi, ammo ahvoli og‘ir ekani to‘g‘risida gap tarqaldi. Voqea haqida xabar bergan kongressmen Marjori Teylor Grin hujum aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.

Tasvirda Kirk sahnada o‘tirgani hamda qarsakdan keyin yiqilib tushgani va olomon orasida vahima boshlangani ko‘ringan.

Guvohlar so‘ziga ko‘ra, o‘q notiqning bo‘yniga tekkan.

31 yoshli Kirk ommaviy bayonotlarida doim Kiyev rejimini tanqid qilgani, Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga qarshi chiqqani va Rossiya bilan diplomatik munosabatni tiklash tarafdori ekani aytilmoqda. U Donald Trampning “Birinchi navbatda Amerika” siyosatini faol qo‘llab-quvvatlagan.

NBC telekanali axborotida suiqasd gumondori qo‘lga olingani va ko‘rsatma berishdan bosh tortgani keltirildi. Mahalliy “Fox News” telekanali aniqlik kiritib, hujumda gumonlangan shaxs Demokratlar partiyasi tarafdori Maykl Mallinsonligini aytdi. Keyinroq “New York Times” uning ozod etilganini yozdi. Yuta universiteti vakili fikricha, qotil hamon ozodlikda. FQB direktori Kesh Patel agentlik voqeani diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirdi.

2012 yil Kirk ta’lim muassasalarida konservativ qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi “Turning Point USA” tashkilotiga asos solgandi. Amerika universitetlaridagi ochiq mikrofon uchrashuvlari bilan ham tanilgan yigitning ijtimoiy tarmoqdagi chiqishlarini 20 milliondan ko‘p odam kuzatgan. Ayniqsa, uning Demokratik partiya tarafdorlari bilan janjallashayotgani aks etgan videolar juda ko‘p tomoshabinni jalb qilgan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikalik taniqli siyosatchiga suiqasd qilindi