Milliy gvardiyaning Nukus poligonida fojiali holat yuz bergani, 8 nafar harbiy jarohatlandi haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Milliy gvardiya axborot xizmatiga murojaat qildik.  

Ma’lum qilishlaricha, “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi qonun talablari asosida Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining doimiy jangovar shayligini ta’minlash va tayyorgarligini zamon talablariga mos takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida joriy yilning 10 sentyabr kuni Nukus dala o‘quv maydonida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkillashtirilgan.  

Mashg‘ulot davomida o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi natijasida kichik portlash yuzaga kelgan.

Mashg‘ulot ishtirokchilaridan 10 nafarga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ularga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hozirda ko‘rilgan zarur choralar natijasida harbiy xizmatchilarning sog‘ligi tiklanmoqda.

Holat yuzasidan esa xizmat surishtiruvi tayinlangan hozirda mutasaddi rahbarlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy gvardiyaning 10 nafarga yaqin harbiy xizmatchisi turli darajadagi tan jarohatlari olgan