Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika mahsulotlari xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topishga intilmoqda.

Shu maqsadda yaqinda Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan yirik elektronika va maishiy texnika ko‘rgazmalaridan biri – “IFA 2025” xalqaro ko‘rgazmasiga mamlakatimiz elektrotexnika sanoati o‘zining yangi brendlari bilan munosib ishtirok etdi.

Ma’lumki,  IFA (Internationale Funkausstellung Berlin) dunyodagi eng yirik elektronika va maishiy texnika ko‘rgazmalaridan biri hisoblanadi. U har yili Germaniya poytaxti Berlin shahrida o‘tkaziladi. Ko‘rgazmada dunyoning yetakchi kompaniyalari o‘zining so‘nggi ishlanmalari, innovatsion texnologiyalari va intellektual yechimlarini taqdim etadi. Shu bois IFA global bozordagi tendensiyalar, yangi mahsulotlar va innovatsiyalarning asosiy maydoni sifatida e’tirof etiladi. 

Shunday nufuzli xalqaro tadbirda “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo Artel, Vitech, Ideal, ICG, S-Smart, Samo-Techno, Sharq Tubes kabi korxonalar o‘z mahsulotlarini xalqaro maydonda ilk bor keng ko‘lamda namoyish etib, tashrif buyurganlar e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. 

“Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostida taqdim etilgan mahsulotlar milliy stendni ko‘rgazmaning eng gavjum maskanlaridan biriga aylantirdi. Xususan, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Gretsiya, BAA, Misr va boshqa ko‘plab davlatlardan kelgan mehmonlar mahsulotlarga qiziqish bildirib, O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov qayd etganidek, bunday yirik ko‘rgazmalarda ishtirok etish o‘zbek korxonalariga nafaqat mahsulotlarini targ‘ib qilish, balki yangi eksport bozorlarini ochish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va innovatsion g‘oyalarni o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. 

–“IFA 2025” xalqaro ko‘rgazmasi O‘zbekiston elektrotexnika sanoati uchun juda katta ahamiyatga ega. Chunki bu nafaqat milliy ishlab chiqaruvchilarimizning yangi bozorlarga chiqishiga yo‘l ochadi, balki “Made in Uzbekistan” brendining jahon miqyosida nufuzini mustahkamlaydi. Shu bilan birga, ushbu ko‘rgazma tufayli korxonalarimiz xorijiy sheriklar bilan bevosita muloqot qilish, zamonaviy texnologiyalar va bozor tendensiyalarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa kelgusida ichki ishlab chiqarishni takomillashtirish va raqobatbardosh mahsulotlar ulushini oshirishga xizmat qiladi, – dedi Namoz Tolipov. 

Nasiba Ziyodullayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“IFA 2025”: Berlinda O‘zbekiston elektrotexnika sanoati brendlari namoyish etildi