Oliy Majlis Senatiga Ozarbayjon Milliy Mejlisi devoni rahbari Farid Gajiyev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Senat devoni rahbari Qudrat Nurullayev bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari mustahkam tarixiy aloqalar, umumiy madaniy va ma’naviy qadriyatlarga tayanishi  ta’kidlandi.  

Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik yangi darajaga ko‘tarildi.

Uchrashuvda Xiva shahrida O‘zbekiston – Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani hamda 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi" imzolangani qayd etildi.  

Erishilgan kelishuvlarni yanada ilgari surish hamda parlamentlar rahbariyati darajasida va ularning devonlari o‘rtasidagi sheriklikni rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.

Muloqot davomida ikki mamlakat parlamentlari devonlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari diqqat markazida bo‘ldi. Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, parlament ekspertizalarini o‘tkazish, axborot-tahliliy ishlar, xalqaro reytinglarga e’tibor qaratish, innovatsion raqamli yechimlarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda sheriklikning aniq yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, doimiy konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ikki mamlakat parlamentlari devonlari o‘rtasida amaliy  hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik yangi darajaga ko‘tarildi