Vatanimiz tarixidagi 11 sentyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1006 yil (bundan 1019 yil oldin) – kidonlarning Lyao rasmiy solnomasida qayd etilishicha, Shachjou (hozirgi Dunxuan) uyg‘urlari Dashi mamlakatidan keltirilgan nefrit va otlarni Lyao (kidonlar) imperatoriga sovg‘a qilishdi. Tarixchi Dilnoza Duturayevaning qayd etishicha, aynan shu yili Qoraxoniylar tomonidan nefrit makoni bo‘lmish Xo‘tan hududi bosib olingan edi va shundan keyin Xo‘tan nefriti Qoraxoniylarning Xitoyga jo‘natiladigan asosiy mahsulotiga aylanadi. Shu tufayli, bu yerda Dashi atamasi ostida aynan Qoraxoniylar nazarda tutilganligi shubhasiz. 

1413 yil (bundan 612 yil oldin) – Amir Temurning evarasi Muhammad Jahongir Mirzo Sohibqironning o‘g‘li Shohrux Mirzoning qizi Maryam Sultonbegimga uylandi. Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy mazkur nikoh marosimini quyidagichatasvirlaydi: “…Mohir munajjimlar vaqt toleini tanladilar va sayyidlar, qozilar, akobirlar ham ashraflar Bog‘i Zog‘onga keltirilib, o‘n to‘rtinchi jumod al-oxirda saltanat sadafida parvarish topgan bir durni davlat burjining durri bo‘lmish mirzo Muhammad Jahongir nikohiga kiritildi…”

1469 yil (bundan 556 yil oldin) – Sulton Husayn Boyqaro o‘z askarlari bilan temuriylar saltanatining ikkinchi poytaxti Hirotdan chiqib, Mashhad orqali Astrobodga yurdi. Keyinroq Chinoron mavzesida temuriy shahzoda, Boburning qarindoshi Yodgor Muhammad Mirzo qo‘shini bilan to‘qnashib, jang boshlandi. Jang asnosida har ikki tomondan ko‘plab qurbonlar berilib, jang Sulton Husayn Boyqaro g‘alabasi bilan intihosiga yetdi.

1522 yil (bundan 503 yil oldin) – Toshkent xonining vaziri, zamonasining tengsiz musavviri Jaloliddin Yusuf naqqosh “Yo‘lbars ovlayotgan shahsuvor” asarini hukmdor Sulton Muhammad uyushtirgan tonggi majlisda namoyish qildi. Zayniddin Vosifiy bu ajoyib musavvirning ushbu asarini shunday izohlaydi: “U muborak majlisiga kirib, o‘zi bilan bir sahifa keltiradiki, unda bir yosh nayza ushlagan shahsuvor, uning nayzasi yo‘lbars panjasiga sanchilgan, nuqra tusli raxshi yo‘lbars savlati va haybatidan hurkib turgani chekilgan edi. Alqissa, u shunday bir sahifa ediki, mobodo ajoyib naqsh etilgan bu surat falak lavhida bo‘lganida, bu shahsuvora falak o‘rmoni she’ri gardun maydoni nayzadori (Mirrix) panohiga qochardi, yo‘lbars ovlovchi sher naqshiy salobatidan nayzador Bahrom o‘z ko‘ch-ko‘ronini Asad burji tomon ko‘taradi. O‘sha suratli sahifani u oliy majlisga tuhfa qildi va tahsin zevari va ofarin nisora bilan muaziz va sarafroz bo‘ldi”.

1873 yil (bundan 152 yil oldin) – Turkiston o‘lkasining xaritasini tuzish va iqlimini o‘rganish maqsadida Toshkent shahrida birinchi astronomik kuzatuv ishlari bajarildi. Shu yili “Astronomiya va fizika rasadxonasi” tashkil qilindi. Toshkent astronomik rasadxonasi 6 gektar joyni egallagan. Rasadxonaning joylashishi yilning 280 kuni davomida yoritqichlarni kuzatish imkonini beradi. Rasadxonaning bosh binosi 1873 yili bunyod qilingan. 1874 yili rasadxonaga Gamburgdan Repsold meridian doirasi, Mersning 6-dyumli refraktori, Xovyu yulduz soati va yana bir necha kichik jihozlar olib kelindi. 

1891 yil (bundan 134 yil oldin) – Turkiston general-gubernatori idorasi Arxeologiya hay’atiga Samarqand uyezdi Ishim-Oqsoy volosti Tutin qishlog‘ida Xolmirza Muhammad Solixov topgan qirq yetti dona oltin tangani yetkazib berdi. Bu tangalar Buxoro tangalari bo‘lib, 1745–1780 yillarga oid bo‘lgan. Hay’at ularni tekshirib 4 dona noyob oltin tangalarni tanlab oldi va Peterburgdagi Ermitaj muzeyiga topshirdi. 

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – Buxoro amirligidagi jadidlar partiyasi (firqasi) – “Yosh buxoroliklar” tarqatib yuborildi, uning ko‘pchilik a’zolari (14 mingdan 9 mingi) Fayzulla Xo‘jayev boshchiligida Buxoro kompartiyasi tarkibiga kirdi. Keyinchalik sobiq “Yosh buxoroliklar” safidagi jadidlarning deyarli hammasi 30-yillarning o‘rtalarida qatag‘on qilingan.

1943 yil (bundan 82 yil oldin) – namanganlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdusattor Rahimov (1920–1992) 11 sentyabrga o‘tar kechasi dushmanning kuchli o‘q yomg‘iri ostida Kiyev viloyatining Vishgorod rayonidagi Borki qishlog‘i yaqinida Dnepr daryosini birinchilardan bo‘lib kechib o‘tdi. Unga ushbu jasorati uchun 1944 yil 10 yanvarda Qahramon unvoni berildi.

1943 yil (bundan 82 yil oldin) – Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Kavardon qishlog‘idan bo‘lgan Saidusmon Qosimxo‘jayev (1915–1994) Chernigov viloyatining Korop tumanidagi Obolone qishlog‘i uchun bo‘lgan jangda ko‘rsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni bilan taqdirlandi. 

1945 yil (bundan 80 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi Ramazon Abdullayev tavallud topdi. U 1967 yildan Boysun tumanidagi maktablarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, maktab direktori vazifalarida ishladi. Faoliyati davomida o‘z shaxsiy jamg‘armasi hisobidan 180 o‘rinli maktab binosini qurib foydalanishga topshirdi.

1983 yil (bundan 42 yil oldin) – Muso Xorazmiyning tavalludiga 1200 yil to‘lishi munosabati bilan YUNESKO tomonidan tashkil etilgan yubiley bayrami o‘tkazildi. Bayram kuni Xiva shahrida allomaga haykal o‘rnatildi. Haykalning ochilish tantanasida jahonning 36 mamlakatidan kelgan olimlar ishtirok etdilar. 

1985 yil (bundan 40 yil oldin) – Toshkent shahrida janubiy vokzal ishga tushirildi. Yangi temir yo‘l vokzalidan Toshkent – Buxoro poyezdi ilk marta jo‘nab ketdi.

2003 yil (bundan 22 yil oldin) – Prezident farmoniga asosan, mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi, murakkab ekologik sharoitga qaramasdan, hayotning ko‘plab sohalarida yuqori natijalarga erishayotgani, yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida shahar ahli amalga oshirayotgan katta ishlarni inobatga olib hamda 70 yilligi munosabati bilan Nukus shahri “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

2012 yil (bundan 13 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “«Mardlik» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. «Mardlik» ordeni bilan o‘zini Vatanni himoya qilishga va Ona yurt xizmatiga bag‘ishlagan, bunda mardlik hamda jasorat ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari va boshqa fuqarolari mukofotlanadi. Alohida hollarda «Mardlik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

2014 yil (bundan 11 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi tijorat sirini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion faoliyatni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida xavfsizlikni ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Besh asr oldin chizilgan “Yo‘lbars ovlayotgan shahsuvor” surati haqida bilasizmi?