Namangan viloyatida paxta yig‘im-terimiga kirishildi. Shu munosabat bilan Pop tumanidagi “Javohir Nurafshon Sang” fermer xo‘jaligi dala shiyponida 2025 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xomashyosi yig‘im-terimini tashkil etish hamda 2026 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekish ishlariga bag‘ishlangan viloyat ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Seminarda qayd etilganidek, mashaqqat evaziga yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olish lozim. Tadbirda qatnashgan Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ko‘rilgan masalalar yuzasidan dolzarb vazifalarni belgilab berdi. 

[gallery-25241]

Joriy yil hosili uchun Namangan viloyatida 48 ming 898 gektar maydonga chigit ekilib, agrotexnik talablar asosida parvarishlandi. Gektaridan o‘rtacha 43,8 sentnerdan, jami 214 ming 173 tonna paxta xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Ayni paytda dalalarda paxta chamandek ochilgan. 

Bobodehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan paxta xomashyosini o‘z vaqtida uyushqoqlik bilan, qisqa muddatlarda sifatli yig‘ib olish uchun 1046 ta yig‘im-terim otryadi tashkil qilindi. Terimni mexanizatsiyalashtirish maqsadida 54 foiz maydondagi hosilni terim mashinalari yordamida yig‘ishtirib olish ko‘zda tutilib, buning uchun mavsumda 167 ta paxta terim agregati qatnashadi. 

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda paxta terimi boshlandi