9-11 sentyabr kunlari “O‘zekspomarkaz”ning barcha pavilonlarida “GlobalTextile Days” deb nomlangan to‘qimachilik haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Tashkilotchi “Iteca Exhibitions” kompaniyasi 30chi yubiley ko‘rgazmasi munosabati bilan kuz mavsumining eng yirik tadbirini o‘tkazishga qaror qildi. Aytish kerakki avvallari tekstil ko‘rgazmalari bunday katta maydonda va ko‘plab yirik brendlar ishtirokida tashkil bo‘lmagandi.

Haftalik davomida “To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari– CAITME 2025” 16-Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazmasi, tikuvchilik sanoatiga bag‘ishlangan “TextileExpo Uzbekistan - Kuz 2025” xalqaro ko‘rgazmasi, biznes taqdimotlar, mahorat darslari, V2V uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Avstriya, AQSH, BAA, Belarus Respublikasi, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Portugaliya, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Chexiya, Shveysariya, Yaponiya, Qozog‘iston, Hindiston kabi 22 davlatdan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda. 

Ushbu tadbirlar O‘zbekiston to‘qimachilik va moda sanoatining Markaziy Osiyo habi maqomini mustahkamlamoqda. Prezidentimiz tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 100 kunlik” chora-tadbirlariga hamohangdir. Ushbu sa’y-harakatlar eng avvalo yurtimizda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, xorijga mahsulot sotishni rag‘batlantirish, Yevropa va AQSH bozorlariga eksport hajmini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Shu bois mahalliy ishlab chiqaruvchilar bu yerda eng yangi texnologiya va uskunalarni o‘rganishlari, xalqaro bozorda o‘z mahsulotlarini ilgari surishlari, davlat bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yirik tekstil korxonasini tashkil etishlariga keng yo‘l ochib berildi. 

Ko‘rgazma hamkorlik, qo‘shma ishlab chiqarish va sarmoya kiritish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik mashinasozligining ko‘plab yetakchilari uchun O‘zbekiston bozoriga kirishga yaxshigina imkoniyat ham bo‘ldi. Shu bilan birga mintaqadagi soha mutaxassislari bilan uchrashish, jahonning yetakchi to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj uskunalari va butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchilarining innovatsiyalarini amalda ko‘rish, maslahat va texnik yordamni olish uchun xizmat qildi.“Global Textile Days”ning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan “Biznes-dastur” 10 sentyabr kuni tashkil etildi. U “Markaziy Osiyo ishlab chiqarish markazi sifatida: barqarorlik va global muammolar” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbir ishlab chiqaruvchilar, brendlar, riteylerlar, davlat idoralari va ekspertlar o‘rtasidagi dinamik muloqot maydoniga aylandi. Unda Markaziy Osiyoning jahon to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining barqaror va mas’uliyatli markazi sifatida belgilash yo‘llari muhokama qilindi. Dastur ishtirokchilariga harajatlarni kamaytirish va fabrikalar samaradorligini oshirishga yordam beradigan yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha amaliy bilimlar berildi. Yangi bozorlarga chiqish strategiyalari, xalqaro onlayn chakana savdo, raqamli yorliqlash, sun’iy intellektni joriy etish va energiyani tejovchi yechimlarga alohida e’tibor qaratildi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4AyX-KCaXAA" title="Toshkentda to‘qimachilik sanoati va biznes haftaligi davom etmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda to‘qimachilik sanoati va biznes haftaligi davom etmoqda (+video)