Bu haqda Markaziy bank xabar berdi. Bu ko‘rsatkich 2013 yilda statistik ma’lumotlar yuritish boshlanganidan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
O‘sishga jahon bozorlarida oltin narxining ortishi sabab bo‘ldi. Birgina avgust oyida narx ko‘tarilishining ta’siri 1,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Markaziy bankning oltin-valyuta zaxiralari milliy iqtisodiyot va moliya tizimining barqarorligini ta’minlashda eng muhim
hisoblanadi. Ular keskin tebranishlar yuz berganda kursga ta’sir ko‘rsatish orqali milliy valyuta barqarorligini qo‘llab-quvvatlash, kreditorlar oldidagi tashqi majburiyatlarni to‘lash, inqirozli vaziyatlarda importni qoplash, shuningdek, tashqi iqtisodiy risklardan sug‘urta qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Avgust oyi holatiga ko‘ra, zaxiralar 1,34 milliard dollarga (+2,7%) oshdi. Yil boshidan buyon o‘sish 8,9 milliard dollarni (+21,6%) tashkil etdi. O‘sishga yana oltin asosiy hissa qo‘shdi, uning narxi jahon bozorida 3500 dollardan oshdi. Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, oltin narxining oy davomida 3306,8 dollardan 3407,5 dollargacha o‘sishi ta’siri 1,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Zaxiradagi qimmatbaho metallning jismoniy hajmi 11,8 million unsiyagacha (367 tonna) oshdi. Natijada qimmatbaho metallning qiymati 1,38 milliard dollarga o‘sib, 40,06 milliard dollarga yetdi. Bu butun kuzatuv davri uchun eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari hajmi joriy yil avgust oyida 1,3 milliard dollarga oshdi. Xususan, oy davomida oltin narxining 3306,80 dollardan 3407,50 dollargacha oshishi ta’siri +1,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA