Logotip – bu shunchaki grafika emas. U tashkilotning jamoatchilikka o‘zini qanday namoyish etishini, qanday qadriyatlarni ilgari surishini aks ettiruvchi ramz.

Bunda shakl, rang va yozuvlar tanlovi ham tasodifiy bo‘lmaydi: ular o‘zida tashkilot tarixini va kelajakka qarashini mujassam etadi. Xalq banki logotipi ham shu ma’noda o‘ziga xos: milliy ildizlardan ilhomlangan, zamonaviylikni ifodalagan va xalq bilan yonma-yonlikni ta’kidlagan ramzdir.

2019 yilda bank logotipi tubdan yangilandi. Oddiy belgiday ko‘ringan uch egri chiziq osmon, yer va suv ramzlari sifatida talqin qilindi. Bu shakl Amir Temur tamg‘asidan ilhomlanib yaratilgan bo‘lib, bir qarashda inson qiyofasini ham eslatadi. Bu tasodif emas edi: yangi logotip bankning asosiy tamoyili — xalq bilan yonma-yon bo‘lishini ifodaladi.

Oradan to‘rt yil o‘tib, 2023 yilda logotip yana takomillashtirildi. Bu safar oltin rang o‘rniga rivojlanish, barqarorlik va ochiqlikni anglatadigan ranglar— oq va to‘q zangori tanlandi. «Since 1875» yozuvi qo‘shildi. Bu yozuv nafaqat tarixiy sanaga ishora qiladi, balki xalqaro hamkorlar uchun bankning ildizlari chuqur, istiqboli yorqin degan xabarni yetkazadi.

Bir so‘z bilan aytganda, Xalq bankining bugungi logotipida barqarorlik, ishonch va kelajakka intilishning ramzi mujassam.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq banki logotipi: ramz ortidagi tarix va mazmun