Kanada Bosh vaziri Mark Karni aytishicha, AQSH tomonidan joriy qilinayotgan yangi tariflar va Qo‘shma Shtatlar savdo siyosatidagi o‘zgarishlar tufayli Ottava endi ushbu sohada azaliy ishonchli hamkori - Vashingtonga tayana olmaydi.

Hukumat rahbari Mississauga shtatiga safari chog‘ida jahon savdosida sodir bo‘layotgan voqealarni “o‘tish emas, balki sinish” davri sifatida baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan asr 30-yillaridagi Buyuk Depressiya zamonidan buyon eng yuqori darajaga chiqqan AQSH boji aksar mamlakatlar va deyarli barcha toifadagi mahsulotlarni qamrab oldi.

- Endi investitsiya va savdo siyosatidagi bir tomonlama yondashuv tufayli dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga uyg‘unlashish uchun mamlakatlar bu imkoniyatni tom ma’noda sotib olishlari kerak, - dedi Karni. - Ayni holat global qo‘zg‘alish, geosiyosiy siljish, texnologik inqilob va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish zarurati sharoitida yuzaga keldi. Bu qadamlar oqibati allaqachon sezilmoqda: ishchilar ish joyini yo‘qotmoqda, o‘nlab yillar davomida shakllangan ta’minot zanjiri uzilmoqda, kompaniyalar xom ashyo manbalarini o‘zgartirishga majbur bo‘lmoqda, noaniqlik esa investitsiyani to‘xtatib, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtirmoqda.

Kanada bandlik hisobotida aks etganidek, mintaqalar va sektorlar bo‘ylab ishsizlik ortib boryapti.                                                                          Shu bilan birga Bosh vazir rasman Kanada Amerika bilan boshqa hamkorlarga qaraganda yaxshiroq savdo shartiga egaligini eslatdi:

- Bugungi kunda Amerika bilan savdomizning 85 foizi bojsiz. Umuman, biz dunyo bo‘yicha eng past tarif darajasiga egamiz. Shunga qaramay, endi haqiqat o‘zgardi. Aniq bilamizki, yangi sharoitda Kanada endi AQSHga avvalgidek tayanishi mumkin emas.                                                                        

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanadaning AQSHga ishonchi qolmayapti