Xitoyda karate (WKF) bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va 21 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan XXIV Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 12 ta medallar shodasini qo‘lga kiritdi.

28 ta mamlakatning 500 nafardan ortiq yosh karatechilari qatnashgan chempionatda mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 8 ta bronza medaliga ega chiqqan holda umumjamoada 3-o‘rinni egalladi.

Chempionatda 1-o‘rin 10 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronzaga ega chiqqan karate vatani Yaponiya jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rin 3 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronzaga ega chiqqan Eron jamoasiga nasib etdi.

Chempionatda terma jamoamiz a’zolaridan Solijon Soyipov 52 kilogramm vazn toifasi saralashida Yaponiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston kabi bir qator davlatlar vakillarini dog‘da qoldirdi. Finalda Tailand karate terma jamoasi a’zosi Sangtonga Txavinni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibi bo‘ldi.

Terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni 76 kilogrammda jang olib borgan Bekzod Zoirov keltirdi. U finalda eronlik Miada Shafeyi Zirdexini tatamidan bosh egib chiqishga “ko‘ndirdi”.

Shuningdek, yosh karatechilar ishtirokidagi qit’a chempionatida hamyurtlarimiz Mohinur Teshaboyeva -53 kilo og‘irlikda, Sardor Bahromov -76 kilogrammda kumush medallarga egalik qilgani mamlakatimizda mazkur sport turi jadal rivoj topayotganidan, deyish mumkin.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karatechilarimiz qit’a chempionatida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi