Xitoyning Tyanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining tarixiy majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sammit nafaqat mintaqaviy va global muammolarni muhokama qilish, balki SHHTning 2035 yilgacha bo‘lgan rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi tashabbuslar ilgari surilgan maydon vazifasini o‘tadi.

2022 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida boshlangan tashkilotni  transformatsiya qilish jarayoni bugun tizimli va ortga qaytmas tus olgan. Xususan, institutlar samaradorligini oshirish, qarorlarni bajarish mexanizmlarini takomillashtirish, ishtirokchilar va hamkorlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu O‘zbekistonning SHHTni  yopiq tashkilot sifatida emas, balki “Global Janub” davlatlarini birlashtira oladigan  ochiq va inklyuziv  hamkorlik platformasi sifatida qarashi bilan bog‘liqdir. Bunday yondashuv sheriklik va teng huquqlilikka asoslangan  yangi ko‘pqutblilik shakllanayotgan zamon ruhiga mos keladi. 

Xitoyda bo‘lib o‘tgan sammitda O‘zbekiston yetakchisining nutqi ishtirokchilarning alohida e’tiborni tortdi. Prezidentimiz  tashkilot va butun mintaqa uchun  strategik ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi. Davlatimiz rahbarining takliflari xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, “yashil” kun tartib, gumanitar hamkorlik va “xalq diplomatiyasi”ni rivojlantirish masalalarini o‘z ichiga oldi. Binobarin, ekspertlar va kuzatuvchilar ushbu takliflarni  pragmatik va oqilona yondashuv misoli sifatida e’tirof etdi. Ya’ni, mamlakatimiz tashkilotning nafaqat faol ishtirokchisi, balki mintaqaviy integratsiyaning g‘oyaviy yetakchilaridan biriga aylanmoqda. 

Biz SHHTning kelgusi taraqqiyotida O‘zbekiston tashabbuslarining ahamiyatini anglashga hamda ularni keng global jarayonlar sharoitida ko‘rib chiqishga harakat qildik. Avvalambor shuni aytish joizki, yig‘ilish  O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayramining ertasi kuni bo‘lib o‘tdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘z nutqida O‘zbekiston xalqini  ushbu muhim sana bilan  samimiy  qutlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida davlatimiz ulkan yutuqlarga erishayotganini alohida qayd etdi. 

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida Ikkinchi jahon urushida  qozonilgan Buyuk G‘alabaning 80 yilligi bilan tabriklab,  mintaqa xalqlarining ma’naviy-tarixiy rishtalari, tinchlik-osoyishtalikning qadri va uni asrash zarurligini yana bir bor eslatdi. Bu sammitga o‘ziga xos ruh baxsh etdi, ya’ni  o‘tmish haqidagi xotira bugungi hamkorlikning yangi formatlarini yaratish asosiga aylandi. 

Davlatimiz rahbari mazkur sammit global noaniqlik sharoitida  bo‘lib o‘tayotganini qayd etdi. Ishonchning tizimli inqirozi, xalqaro institutlarning zaiflashishi va jahon savdo tizimining parchalanishi sharoitida mintaqaviy birlashmalarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. 

O‘zbekiston va Markziy Osiyo  davlatlari uchun bu mavhum muammo emas,  kundalik haqiqatdir. O‘zining geografik joylashuvi sababli mintaqamiz nafaqat sivizilatsiyalar o‘rtasidagi ko‘prik,  balki yirik davlatlar manfaatlari to‘qnash keladigan  maydon hamdir. Shu bois, SHHT barqarorlik, ishonch va umumiy rivojlanish kafolati bo‘lishga  qaratilgan. 

Prezident nutqida xavfsizlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.  Davlatimiz rahbari kelishilgan yondashuvlar va ishonchni ta’minlashning yangi mexanizmlariga zarurat borligini alohida qayd etdi. Shu ma’noda, davlatimiz rahbari Yadro xavfsizligi yo‘lida ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha SHHT deklaratsiyasini qabul qilishga chaqirdi. Bu tashabbus tarqatmaslik global rejimini mustahkamlash, energetika va tibbiyot uchun tinchlik yo‘lidagi atomni rivojlantirish, favqulodda holatlarda  harakatlarni muvofiqlashtirish kabi maqsadlarga qaratilgan. Bundan tashqari, Ўзбекистон Prezidenti Ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari kengashi ishini qayta tiklash, Jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni qayta ko‘rib chiqish, Giyohvandlikka qaram bo‘lib qolishga qarshi kurashishning 2030 yilga qadar mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqishni ham taklif qildi.

Afg‘oniston masalasiga ham  alohida e’tibor qaratildi. “SHHT – Afg‘oniston” muloqot guruhi faoliyatining qayta tiklanishi butun mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishda muhim  qadam bo‘lishi kerak.

Transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish ham asosiy masalalardan biri bo‘ldi. O‘zbekiston doim “Shimol-Janub” va “Sharq-G‘arb”  yo‘nalishlarining muhimligini ta’kidlab keladi. Ammo Markaziy Osiyo orqali Fors ko‘rfazi va Hind okeani  portlariga chiqadigan janubiy yo‘nalishdagi yo‘laklarni rivojlantirish yangi ufqlarni ochadi. “SHHT yagona transport makoni”ni shakllantirish va uni “Bir makon, bir yo‘l” strategik tashabbusi bilan bog‘lash dunyodagi  eng yirik loyihalarda ishtirok etishga tayyorlikni ko‘rsatadi. Ayniqsa, multimodal tarmoqlar, raqamli platformalar va “yashil” yo‘laklarni rivojlantirish  ayniqsa dolzarbdir. 

Madaniy aloqalar va “xalq diplomatiyasi”ga e’tibor davlatimiz rahbari nutqining muhim jihatlaridan biri bo‘ldi. Xususan, Prezidentimiz Халқ ijodiyoti xalqaro festivalini o‘tkazish, “SHHT universiteti” sheriklik tarmog‘ining onlayn kampusini yaratish, innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha har yili talabalar va yosh mutaxassislar o‘rtasida tanlov va olimpiadalar tashkil etish, “Sayyohlik yo‘lagi” va SHHT tibbiyot turizmi alyansini ishga tushirish kabi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishni taklif etdi. Ushbu tashabbuslar  mintaqa xalqlari nafaqat siyosiy va iqtisodiy manfaatlar, balki mustahkam madaniy va gumanitar aloqalar bilan bog‘langan kelajakni barpo etishga qaratilgan. 

Xulosa o‘rnida shuni  aytish joizki,  Xitoyda bo‘lib o‘tgan sammit  SHHT tarixida muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi  tashkilotning nafaqat o‘zaro hamkorlik  mexanizmiga, balki  global ahamiyatga ega bo‘lgan  mukammal platformaga aylanishi mumkin bo‘lgan strategik  yo‘nalishni belgiladi. Ishonch, ochiqlik va  birdamlik  g‘oyalari ushbu tashabbuslarning asosini tashkil qiladi. Taklif etilgan chora-tadbirlarning barchasi insonlar  turmush darajasini yaxshilash,  adolat va  teng imkoniyatlarni mustahkamlash bilan bevosita bog‘liqdir. Shu bois, O‘zbekistonning SHHTdagi ishtiroki tashqi diplomatiya strategiyasini aks ettirishi bilan birga, har bir yurdoshimiz va butun mintaqaning kelajagiga bo‘lgan hissa hamdir.

N.Rashidova

 «Adolat» SDP fraksiya a’zosi,

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputati 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT sammiti orqali kelajakka nazar