- Zilziladan keyingi qidiruv-qutqaruv amaliyoti yakunlandi, - dedi Afg‘onistonning Kunar viloyati hokimi Qudratulloh Abu Hamza “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida. - 2204 kishi halok bo‘lgani, 4000 ga yaqin odam jarohatlangani qayd etildi.

Avvalroq Xalqaro Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasining Afg‘onistondagi guruhi rahbari Joy Singxal “RIA Novosti” muxbiriga qurbonlar soni o‘sishda davom etishi, qayta silkinish yana yo‘llarni vayron qilgani, ko‘chki keltirib chiqargani, oqibatda qutqaruv ishlari murakkablashayotganini aytgandi.

Avgust oyi so‘nggi kuni, yarim tundan biroz oldin Afg‘oniston sharqida 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. So‘ngra silkinish bir necha bor takrorlandi. Tabiiy ofat Kunar, Lag‘mon va Nangarhor viloyatlari aholisiga ko‘p kulfat yog‘dirdi. O‘nlab qishloqlar vayron bo‘ldi. Mamlakatning ko‘p yillik mojaro, qashshoqlik va murakkab tabiiy sharoit tufayli shundoq ham zaiflashgan sog‘liqni saqlash tizimiga navbatdagi ofat qo‘shimcha og‘ir yuk bo‘ldi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘onistondagi zilziladan omon qolganlarni qidirish to‘xtadi