Kanada Bosh vaziri Mark Karni aytishicha, Ottava o‘z ittifoqchilari bilan Ukrainaga bog‘liq voqealar tufayli Rossiyaga qarshi yangi cheklov choralari to‘plami ustida ishlamoqda.

- Hozirgacha 3000 dan ortiq odamga nisbatan sanksiya joriy qildik, neft narxi chegarasini kuchaytirdik, endi ittifoqchilar ishtirokida yangi cheklov to‘lqini tayyorlanyapti, - degan Karni Mississoge shtatida so‘zlagan nutqida. - Bu choralar allaqachon iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazmoqda. Bosimni saqlab qolishimiz kerak. Sanksiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, jumladan harbiy yordam ko‘rsatish va kelajak uchun xavfsizlik kafolatini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli siyosatning bir qismidir. Ittifoqchilar harakatda birdamlik va izchillikni saqlashi lozim. Kanada, avvalgidek, “Xohlovchilar koalitsiyasi”dagi hamkorlar bilan qadamlarni muvofiqlashtiradi va Ukraina manfaatini ko‘zlab, uzoq muddatli yechim ishlab chiqishga intiladi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kanada Rossiyaga qarshi yangi sanksiya tayyorlamoqda