Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus bildirishicha, maymun chechagi endi global sog‘liqni saqlash uchun favqulodda holat emas.

- Bir yildan ko‘proq vaqt oldin, favqulodda qo‘mita maslahatiga binoan, Afrikada maymun chechagi - "mpox" tarqalishi bilan bog‘liq xalqaro tashvishga sabab bo‘lgan sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilingan edi, - dedi u juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. - Payshanba kuni qo‘mita ushbu vaziyatni bekor qilishga kelishdi.

Ta’kidlanishicha, qaror Kongo Demokratik Respublikasi va boshqa jabrlangan mamlakatlar, jumladan Burundi, Serra-Leone va Ugandada kasallanish va o‘lim holati muntazam kamayishi bilan bog‘liq. Qolaversa, mutaxassislar virusning yuqish yo‘llari va xavf omillarini yaxshiroq tushunib olishgan.

Fevral oyi oxirida JSST maymun chechagi epidemiyasini hamon xalqaro ahamiyatga ega favqulodda vaziyat, deb e’lon qilgandi. Tuzilma ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 23 fevral holatiga ko‘ra, dunyoning 100 dan ortiq mamlakati va mintaqasida 127 905 infeksiya tasdiqlangan, 283 o‘lim holati qayd etilgan. Kamdan-kam uchraydigan mazkur virusli kasallik immuniteti zaiflar uchun xavfli. Xastalik isitma, intoksikatsiya, limfa tuguni yiriklashishi va keyinchalik toshma tarqalishi tarzida namoyon bo‘ladi. Avvaliga pufakchaga aylanadigan dog‘ paydo bo‘ladi. Yorilgandan keyin yaraga aylanadigan pufakcha o‘rnida chandiq qoladi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maymun chechagi: global favqulodda holat bekor qilinadi