Kurash va dzyudo sport turlarida jahon chempioni, yozgi Olimpiya va Osiyo o‘yinlari sohibi, olti karra qit’a chempionligiga, 30 dan ortiq nufuzli turnir va chempionatlarda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilib, o‘zbek dzyudochilari orasida o‘ziga xos rekord o‘rtangan Abdulla Tangriyev pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ilmiy kengash yig‘ilishi davomida taniqli sportchiga mazkur ilmiy unvonga erishganligi e’tirof etildi.

- Yillar davomida sportchi, sport mutaxassisi sifatidagi faoliyatim davomida davlatimiz tomonidan yaratib berilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib, izlanishlarim natijasida ushbu ilmiy ishimni himoya qildim. Kelajakda sport sohasida, xususan mahoratli dzyudochilarni tayyorlash, yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabalarini ta’minlashga sport mutaxassisi sifatida munosib hissa qo‘shish eng asosiy maqsadim, - deydi A.Tangriyev.

Eslatib o‘tamiz, jahon dzyudosi va kurashida o‘ziga xos tarix yaratgan A. Tangriyev davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: mashhur sportchi olimlik faoliyatini boshladi