Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida o‘smirlar o‘rtasida taekvondo WT bo‘yicha XXII xalqaro “Koreya Respublikasi elchisi kubogi”da mamlakatimizning turli hududidan kelgan 400 nafardan ortiq taekvondochi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqada o‘g‘il bolalar o‘rtasida Islom Akchurin, Azizbek To‘irov,  Sardorbek Muhammadov, Bexruz Salimov, Shag‘boz Yo‘lchiboyev, Ayubxon Nabiyev, Jahongir Serikbayev, Akobir Qahramonov, Almat Jayilganov va Dmitriy Li o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Qizlar orasida esa Majrona Alimova, Mardona Husnidinova, Diyora Ismatova, Mushtaribonu Boxodirova, Nozimaxon Abdujabborova, Rushanaxon Ravshanova, Rozalina Talibjanova, Sarvinoz Yunusova, Arina Babushkina hamda  Feruza Ernazarova kabi taekvondochilarimiz o‘z vaznida barcha raqiblarini dog‘da qoldirdi.

Shu tariqa, 23 ta vazn toifasidagi janglarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olga taekvondochilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Koreya Respublikasi elchisi kubogi”da g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi