Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari Anjela Reyner Angliya janubidagi Xouv kurort shahridagi ko‘p qavatli uydan sotib olgan xonadoni uchun davlat boji to‘lamaganini tan olib, iste’foga chiqdi.

45 yoshli Reyner hukumat rahbari jamoasidan ketgan sakkizinchi va eng yuqori lavozimli vazir.

- Soliq mutaxassisidan boshqa maslahat so‘ramaslik haqidagi qarorimdan juda afsusdaman, - degan u Starmerga yo‘llagan maktubida. Bu xato uchun javobgarlikni to‘liq zimmamga olaman.

Kir bunga javoban mulozimning faoliyati shu tarzda tugaganidan xafaligi, qabul qilingan qaror esa to‘g‘rioigini ta’kidlagan.

Anjela Reyner 2024 yil 5 iyulda Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Ishdan ketgan sakkiz vazirning besh nafari noto‘g‘ri hatti-harakati tufayli iste’foga chiqqan, deb yozdi "Reuters".

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari iste’foga chiqdi