Korrupsiya rivojlanishga, o‘sishga to‘siq bo‘ladigan jirkanch illatlardan biridir. Mamlakatimizda ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida ko‘plab chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yildi. Parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar tashkil qilindi. Korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axboroti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, oxirgi yillarda Prezidentimiz tomonidan jamiyatda eng ko‘p va qizg‘in muhokama qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Qanchadan-qancha davlat xizmatlari raqamlashtirilib, yuzlab ortiqcha ma’lumotlarni so‘rash amaliyotiga barham berildi.

Qayd etilganidek, agentlik tomonidan ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davlat mulki ob’ektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portali (portal.davaktiv.uz) faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat mulki ob’ektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish, mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini, avval xususiylashtirilgan davlat aktivlari bo‘yicha maxsus qog‘ozda berilgan davlat orderi yoki sertifikatning dublikatini berishda davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion jarayonlarida narx manipulyatsiyasining oldini olish va ishtirokchilar javobgarligini kuchaytirishga doir yangi qo‘shimcha talablar joriy etildi. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun sotilgan va ijaraga berilgan davlat aktivlari to‘lovlarini elektron —“Payme”, “Click” va “Uzum Bank” mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida to‘lash imkoni ham yaratilgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi funksiyalarining 40 tasi to‘liq raqamlashtirilib, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ulardan qo‘shimcha hujjatlar talab qilmaslik belgilandi. Agentlik va 27 ta vazirlik, idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro elektron axborot almashinuvi (integratsiyasi) yo‘lga qo‘yildi.

Muhokamalar davomida deputatlar agentlik faoliyatini raqamlashtirishni jadallashtirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashda yangi va samarali usullarni qo‘llash bo‘yicha mulohaza va bir qator takliflarini bildirdilar.

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurashishda qanday choralar ko‘rilmoqda?