Respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ishoqxon to‘ra Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha ko‘rsatkichlarda yuqori natijalarni qayd etdi.

Xususan, joriy yilda 38 nafar mazkur maktab bitiruvchisining umumiy ko‘rsatkichi 168,91 ballni tashkil etib, o‘quv dargohi Namangan viloyati bo‘yicha birinchi, respublika miqyosida esa to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa ilm maskani yurtimizdagi ilg‘or ta’lim muassasalari safidan munosib o‘rin oldi.

Ta’kidlash joiz, maktab bitiruvchilari yuz foiz xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, ikki nafar o‘quvchi Koreya Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro yoshlar forumida, bir nafari Germaniyada ta’lim sayohatida qatnashgan. Ijod maktabi ustoz muallimlaridan biri esa Fransiyaning Nitsa shahrida malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, o‘z bilim va tajribasini yanada boyitdi.

Ibrat ijod maktabida yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirda o‘ndan ortiq bolalarning kitoblari chop etilib, ellikdan ziyod maqolalari nashr etildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ibrat ijod maktabi “Top-10”talik ro‘yxatdan joy oldi