O‘z ishiga sadoqat va fidoyilik kishiga hurmat va e’tirof keltiradi. Shu ma’noda qaysi kasbda bo‘lmasin, har bir inson o‘z ishining puxta bilimdoni bo‘lmog‘i lozim. Mamlakat iqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadigan gaz tizimida ham fidoyilar bor.

Azimjon Abdullayev aynan shu murakkab va mas’uliyatli sohada faoliyat yuritayotgan fidoyilardan. “Yangiqo‘rg‘on tuman gaz” gaz ta’minoti bo‘limida 26 yildan buyon ishlab, o‘zining katta tajribasi, kasbiy mahorati, sadoqati bilan kasbdoshlari orasida hurmat qozongan. Hozirda tumanda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limi yetakchi muhandisi lavozimida ishlab kelmoqda.

– Namangan viloyati gaz tizimining namunali xodimlari qatorida e’tirof etiladiganlar bisyor. Ular orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Azimjon Abullayev uchun gazchi kasbi – faqat ish emas, balki hayot tarzidir. U har doim ish joyida qat’iy xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, texnika holatini muntazam nazorat qilishga alohida e’tibor qaratadi. Bu esa ko‘p yillik ish davomida favqulodda holatlarning oldini olishga, tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlashga yordam berdi – deydi “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali mas’ul xodimi Nasiba Abdullayeva.

Qolaversa, yosh mutaxassislarni tarbiyalash hamda ularga o‘z tajribasini o‘rgatishda ham faol ishtirok etayotgan Azimjon Abdullayev uchun bilimlarni avloddan-avlodga yetkazish tarmoqning barqaror rivojlanishining muhim omili hisoblanadi.

Darhaqiqat, gaz sohasida chorak asrlik tajriba orttirgan Azimjon Abdullayev o‘z kasbining haqiqiy ustasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, bunday mutaxassislar kelajak avlodlarga ham o‘rnak bo‘ladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhandis yoshlarga o‘rnak bo‘lmoqda