5 sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi  yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.

Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Yalpi majlis Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib borildi.

Yalpi majlisning ikkinchi ish kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2024 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, prokuratura organlari tomonidan hisobot yilida ijtimoiy sohadagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, 489 nafar fuqaroga 3,8 milliard so‘mlik kechiktirilgan ish haqi va boshqa to‘lovlar undirib berilgan, shuningdek, 11,2 milliard so‘mlik ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlar talon-toroj qilinganligi aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgan.

Qayd etilishicha, iqtisodiy sohada qonuniylikni mustahkamlash, ayniqsa, investitsiya dasturlari ijrosini so‘zsiz ta’minlash, energiya resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish, yashirin iqtisodiyot shakllanishining turli usul va kanallarini aniqlash hamda ularga barham berish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan.

Tadbirkorlar va xorijiy investorlarning 29 451 nafariga qonun ustuvorligi, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Prokurorlarning sud protsesslaridagi ishtiroki, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ko‘rilayotgan choralar, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish, tergov va tezkor-qidiruv faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Senatorlar tomonidan prokuratura organlarining amalga oshirgan ijobiy ishlari bilan bir qatorda faoliyatning ayrim yo‘nalishlarida nazoratni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Xususan, aholi sog‘lig‘ini saqlash, reproduktiv salomatligini asrash, qolaversa, yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari yetarli samara bermaganligi, onalar o‘limi soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida oshganligi tanqid qilindi. 

Jinoyatchilikka qarshi kurashish, mamlakatda kriminogen vaziyat barqarorligini saqlash, tezkor-qidiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatini yuritishda ham kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.

Jumladan, sodir etilgan 67 mingdan ortiq jinoyatlarning qariyb 62 foizining oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil qilgan.

Bunday jinoyatlarning umumiy jinoyatchilik ko‘rsatkichidagi ulushi Farg‘ona viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 65 foizga, Namanganda esa qariyb 70 foizga yetgan.

Senatorlar prokuratura organlari tomonidan sog‘liqni saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatish, yoshlar va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida nazoratni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalarini berdi. 

Muhokama yakunida Senatning tegishli qarori qabul qilindi. 

Shuningdek, yalpi majlisda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. 

Ushbu masala aholiga munosib yashash sharoitini yaratish, buning uchun muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini, shuningdek, ijtimoiy soha (maktab, bog‘cha, kasalxona) ob’ektlarini barpo etish, yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, Kattaqo‘rg‘on shahri Samarqand viloyatining geografik nuqtai nazardan shimoliy-g‘arbida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda shahar aholisi soni qariyb 95 ming kishini, umumiy yer maydoni 4,4 ming gektarni tashkil etadi.

Shahar aholisining o‘sish sur’ati oxirgi 5 yilda har yili o‘rtacha 1,1 ming kishini tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, Kattaqo‘rg‘on shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan 4 mingga yaqin aholi va talabalar istiqomat qilmoqda.

Aholi zichligi 1 kvadrat kilometr maydonga 9,5 kishiga to‘g‘ri kelib, Samarqand viloyati bo‘yicha aholisi eng zich joylashgan hudud hisoblanadi.

Shu bois Senat qarori loyihasida quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahar hududini kengaytirish maqsadida unga chegaradosh bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on tumanidan 1,9 ming gektar va Nurobod tumanidan 971 gektar, jami 2,9 ming gektar yer maydonini shahar tarkibiga o‘tkazish, shuningdek, Nurobod tumanining Kattaqo‘rg‘on tumani bilan chegaradosh bo‘lgan hududlaridan 600 gektar yer maydonini Kattaqo‘rg‘on tumaniga o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

Chegara hududining kengayishi hisobiga Kattaqo‘rg‘on shahar aholisi soni 2030 yilga borib 150 ming kishidan oshishi mumkin.

Shahar hududining kengayishi natijasida Kattaqo‘rg‘on o‘rta shaharlar toifasidan katta shaharlar toifasiga o‘tkazilib, shahar aholisi uchun kulay sharoitlar yaratish, xususan, yangi infratuzilma ob’ektlari hamda ko‘p qavatli turar joy komplekslari barpo etish, urbanizatsiya jarayonlarini tezlashtirish imkoni yaratiladi.

Yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tashkil etiladi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.

Xususan, 50 gektar maydonda “Urgut” erkin iqtisodiy sanoat zonasi filiali, shuningdek, 30 gektarda 3 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Muhokama so‘ngida mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Shundan so‘ng 10-yalpi majlisda talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipovga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. 

Qayd etilganidek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borish hamda ota-onalar bilan uzviy hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning yetarli darajada tashkil etilmagani talabalar o‘rtasida nosog‘lom muhit yuzaga kelishiga, ayrim hollarda esa huquqbuzarlik va jinoyatchilikka olib kelayotgani kuzatilmoqda.

2024 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2025 yilning 6 oyi davomida 102 ta oliy ta’lim muassasasining 307 ta talabasi tomonidan jinoyat sodir etilgani bu masalaga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda. 

Xususan, jinoyatlarning asosiy qismini yo‘l-transport hodisalari, o‘g‘rilik, tan jarohati yetkazish, bezorilik, firibgarlik kabi jinoyatlari tashkil etgan.

Hududlar kesimida jinoyatlarning aksariyati Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Namangan, Andijon, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Oliy ta’lim muassasalari kesimida esa jinoyatlarning ko‘pchilik qismi Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ayrim oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini muntazam nazorat qilish, talabalarning dars mashg‘ulotlariga qatnashini yetarli darajada monitoring qilinmaganligi oqibatida talabalar tomonidan dars vaqtida, ya’ni soat 08:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan davr mobaynida jinoyatlar sodir etilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida tyutorlarni biriktirish tartibi belgilangan bo‘lsa-da, ayrim oliy ta’lim muassasalari tomonidan ushbu talabga rioya qilinmagan.

Talabalarning yotoqxonalarga kirib-chiqishi, yashashi hamda tungi vaqtda bo‘lishi ustidan nazorat yetarli darajada emas.

Bundan tashqari, so‘nggi yillarda oliy ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganiga qaramay, sohada faoliyat yuritayotgan shaxslarga nisbatan korrupsiya holatlari bo‘yicha qator jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Bu esa, aholining haqli e’tirozlari ko‘payishiga, adolatsizliklar yuzasidan fuqarolarning shikoyatlari soni keskin ortishiga sabab bo‘layotganligi senatorlar tomonidan tanqid qilindi.

Muhokama yakunida Senatning tegishli parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Shu bilan birga, yalpi majlisda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda sohaga ilm-fan yutuqlarini joriy qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, parlament so‘rovida aks etgan masalalar bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan.

Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga oid davlat dasturlari doirasida joriy yilda umumiy qiymati 49,7 milliard so‘m bo‘lgan 69 ta, shu jumladan, 49 ta amaliy, 7 ta innovatsion, 1 ta fundamental, 12 ta xalqaro loyiha bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Joriy yil birinchi yarim yilligida agrar sohaga oid ilmiy-tajriba va eksperimental tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda daromadini ko‘paytirish maqsadida xonadonbay usulida 13 ta ilmiy-tadqiqot loyihasi amalga oshirilgan.

Respublika bo‘yicha 909 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlariga ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilgan istiqbolli va yangi g‘o‘za navlari ekilgan hamda viloyatlarning ilmiy-tadqiqot stansiyalari va urug‘chilik tajriba xo‘jaliklarida 70 dan ortiq yangi g‘o‘za navlarining birlamchi urug‘chilik ishlari olib borilmoqda.

Ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan 271 ta nav (zot) va duragay yaratilgan, shundan 107 tasi Davlat reyestriga kiritilgan, 99 tasi ishlab chiqarishga joriy qilinib, 82,7 milliard so‘mlik 73 ta loyiha natijalari tijoratlashtirilgan.

Shu bilan birga, parlament so‘rovidagi ayrim masalalar hamon dolzarbligicha qolayotgani qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, sohaga ilm-fan yutuqlarini joriy qilishning institutsional asoslari hamda sohaga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish zarurati mavjud.

Yaratilgan yangi zot, nav va duragaylarni amaliyotga joriy etish hamda ilmiy natijalarni tijoratlashtirish mexanizmi samarali tashkil etilmagan. 

Mahsulot yetishtiruvchi sub’ektlarni yaratilayotgan yangi ilmiy ishlanmalar hamda innovatsiyalar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan.

Yosh ilmiy xodimlar va tadqiqotchilarga ilmiy ishlanmalar yaratish, tajriba sinovlari o‘tkazish hamda joriy xarajatlar uchun yetarli mablag‘ ajratilmayotganligi oqibatida kadrlar qo‘nimsizligi yuzaga kelgan.

Senatorlar tomonidan yangi zamonaviy biotexnologik va molekulyar genetik tahlillarni o‘tkazuvchi hamda global iqlim o‘zgarishi bilan shug‘ullanuvchi yo‘nalishlarga e’tibor qaratish lozimligi haqida fikrlar bildirildi.

Shundan so‘ng senatorlar tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdim  etgan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari takomillashtirilib, jamiyatda korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

2024 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlashga qaratilgan 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari keng joriy etildi. Ularning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi.

Sohada davlat siyosati izchilligini ta’minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilindi, ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati 35 tadan 40 tagacha kengaytirildi.

Shu bilan birga, muhokamada senatorlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ayrim kamchiliklar saqlanib qolayotganligi ham qayd etildi.

Xususan, 2024 yilda respublika bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilgan jinoyat ishlari tahlili ko‘rsatganidek, Andijon, Toshkent, Namangan, Sirdaryo viloyatlarida korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga eng ko‘p zarar yetkazilgan, korrupsiyaga oid jinoyatlar soni Andijon, Namangan Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ortgan.

Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun sudlangan shaxslarning aksariyati maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, tijorat banklari hamda bandlik tizimi xodimlariga to‘g‘ri keladi.

Adliya vazirligi tomonidan 2024 yilda 2 mingdan ortiq loyihalarning 222 tasida yoki 11 foizida 337 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan. Korrupsiyaviy omillarning aksariyati Iqtisodiyot va moliya, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Qishloq xo‘jaligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarda aniqlangan.

Korrupsiyaga qarshi ekspertizaga berilmagan loyihalarning ko‘pchiligi Investitsiyalar, sanoat va savdo (6 ta), Energetika, Qishloq xo‘jaligi hamda Tashqi ishlar (5 tadan) vazirliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari yetarli darajada tashkil etilmagan.

Muhokama jarayonida Senat a’zolari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, qator vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator takliflar bildirildi. Xususan:

– korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qilgan holda jinoyatlar ko‘rsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlarida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar belgilash;

– korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tizimi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini faollashtirish, davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ichki nazorat tuzilmalari xodimlariga qo‘shimcha vazifalar yuklatilishining oldini olish;

– ichki nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilishini ta’minlash, odob-axloq komissiyalarining faoliyatini kuchaytirish.

Oliy Majlis Senatining 10-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Senatning tegishli qaroriga asosan Alisher Usmonov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.

Ikrom Muslimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimidan, Nodira Hakimova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi. 

Shuningdek, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ham tasdiqlandi.

Yalpi majlisda jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 16 ta masala, shu jumladan, 9 ta qonun ko‘rib chiqildi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi yakunlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senati 

Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi to‘g‘risida AXBOROT