Vetnamning Hoshimin shahrida o‘tkazilgan Xalqaro turizmni rivojlantirish tashkiloti (Tourism Promotion Organization for Asia‑Pacific Cities – TPO)ning 12-assambleyasida Samarqand viloyati delegatsiyasi ishtirok etdi.

TPO – Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi shaharlar turizmini rivojlantirish va targ‘ib qilish maqsadida 2002 yilda Yaponiyaning Fukuoka shahrida tashkil etilgan. Tashkilot tuzilgan paytda dastlab 25 ta shahar unga a’zo bo‘lgan va a’zolar sonini 2020 yilgacha 150 taga, 2025 yilgacha 200 taga va 2030 yilgacha 400 taga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu orqali shaharlarning turizm sohasida o‘zaro tarmoqlashuvi va mavjud imkoniyatlardan birgalikdan foydalanishni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

2022 yilda O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida TPO bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan. Mazkur uchrashuvda tashkilot bosh kotibi O‘zbekiston shaharlari, xususan, Samarqandning turizm imkoniyatlarini yuqori baholagandi.

Dunyoning 40 dan ortiq davlatidan vakillar qatnashgan TROning bu galgi anjumanida Samarqand viloyat turizm boshqarmasi va Samarqand shahar hokimligi mas’ullari ham ishtirok etdi.
E’tiborli jihati, MDH davlatlari shaharlari orasida Samarqand birinchi bo‘lib mazkur tashkilotga a’zo bo‘ldi. 

Assambleya doirasida Samarqand viloyatining tarixiy merosi, betakror madaniyati va sayyohlik salohiyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot davomida delegatsiya vakillari Samarqandning jahon turizm xaritasidagi o‘rni, zamonaviy turistik infratuzilmasi va xorijiy sayyohlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur tadbir chog‘ida Samarqand viloyati delegatsiyasi Maalayziyaning Kuala-Lumpur, Koreya respublikasining Pusan va Indoneziyaning Jakarta shaharlari mas’ullari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqotlarda madaniy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma turistik loyihalarni amalga oshirish va sayyohlar almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

G‘.HASANOV, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand Xalqaro turizmni rivojlantirish tashkilotiga a’zo bo‘ldi