Munosabat

Qishloq xo‘jaligi sohasi so‘nggi yillarda tarkibiy jihatdan isloh qilinib, natijadorlikka qaratilgan muhim yangiliklar amalga oshirilmoqda. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 sentyabr kuni qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Unga ko‘ra, kelasi yil 1 yanvardan boshlab, qishloq xo‘jaligi korxonalari dehqon va fermerlarga o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini (g‘alla va paxtadan tashqari) sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i nol stavkada bo‘ladi.

Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini sotishda ham nol stavka tatbiq etiladi. Mazkur tizim orqali soha vakillari qanday imkoniyatlarga erishadi? Shular xususida Qishloq xo‘jaligi vazirligi Departament rahbari Soatmurod ҚУЛМИРЗАЕВнинг fikrlarini oldik.

– Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi sohasi tabiiy omillar bilan hamohang rivojlanishni talab etuvchi faoliyat sanaladi. Ayni yo‘nalishda mehnat qilayotgan inson bilim va amaliyotni uyg‘unlashtira olsagina kutilgan natijalarni qayd etib boraveradi. Davlatimiz tomonidan soha vakillari faoliyatining huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi chin ma’noda g‘amxo‘rlikning ifodasidir, – S. Qulmirzayev.  – 2026 yil 1 yanvardan boshlab dehqon va fermerlar o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (paxta va g‘alladan tashqari) sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i nol stavkada qo‘llanishi belgilandi. Meva-sabzavot mahsulotlarini sotishda ham nol stavka tatbiq etiladi. Bu, avvalo, tizim orqali fermerlar yiliga kamida 300 milliard so‘m mablag‘ni o‘zida qoldirishiga imkoniyatdir. Urug‘, o‘g‘it va yoqilg‘i xarajatlari uchun to‘langan 400 milliard so‘mlik QQSni qaytarib olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Yana bir jihat: hisob-fakturalar 3 kun ichida avtomatik qayta ishlanib, QQS tezkorlik bilan qaytariladi. Yangi tartiblar natijasida mahsulotlar “soya” dan chiqariladi, ishlab chiqarish hajmi ortadi. Natijada esa YAIM 717 milliard so‘mga oshishi, inflyatsiya darajasi esa 0,08 foizga pasayishi kutilmoqda.

Bu kabi yengilliklar shubhasiz fermer va dehqonlarning moliyaviy barqarorligini kuchaytiradi. Soha vakillarining o‘ziga ishonchini yanada oshirib, sohani sanoatlashgan va shaffof tizimga aylantiradi.

Tizimni joriy etish natijasida yiliga o‘rtacha 6 trillion so‘mdan ortiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini noqonuniy o‘zlashtirishning oldi olinishi qayd etildi. Darhaqiqat, bu ham sohadagi pirovard maqsaddir. Hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qishloq xo‘jaligi korxonalari (paxta va g‘alladan tashqari) murojaatiga asosan 3 kun muddatda avtomat tarzda qaytariladi. Natijada korxonalar qisqa muddatda qo‘shimcha aylanma mablag‘larga ega bo‘lib, moliyaviy barqarorligi oshadi. Amalda qo‘shilgan qiymat solig‘i 30 kunda qaytariladi.

Bu jarayonda tezlashtirilgan tartibda (1 kundan 7 kungacha) qaytarish esa faqat eksport qiluvchilarga, yirik soliq to‘lovchilarga va yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan korxonalarga tatbiq etilgan.

Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan bu islohotlar, avvalo, dehqon va fermerning qo‘lida ko‘proq mablag‘ qolishini ta’minlaydi. Soliq yuki yengillashishi hisobidan ular urug‘, o‘g‘it, yoqilg‘i va texnika xarajatlarini oson qoplaydi, aylanma mablag‘i ko‘payadi. Bu esa hosil sifati va hajmini oshirib, bozorda mahsulot taklifini ko‘paytirishga ham xizmat qiladi.

Pirovardida iste’molchi ham yutadi, oziq-ovqat narxlari bir muncha arzonlashadi, bozorda sifatli mahsulot doimiy ravishda bo‘lib turadi. Shaffoflik oshishi va yashirin aylanmalarning qisqarishi o‘z-o‘zidan iqtisodiyot uchun yutuqdir.

Demak, qishloq xo‘jaligi samaradorligi o‘sishida “soya iqtisodiyoti” dan chiqish, oziq-ovqat xavfsizligi mustahkamlash, muhimdir. So‘zimiz indallosini aytganda, dehqonning mehnati munosib baholanadi. Bu esa yurtimiz ahli dasturxonini bezovchi meva-sabzavotlarning sifatiga va samaradorligiga ijobiy ta’sir etmay quymaydi. Zero, yurtimizda dunyo davlatlari havas qilgudek mahsulotlar yetishtirib borilayotganining o‘zi ham eng katta yutug‘imizdir. 

Abdulaziz RUSTAMOV,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun inqilobiy burilish: dehqonning mehnati munosib baholanadi