O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning 2025 yil 2-3 sentyabr kunlari Belarus Respublikasiga tashrifi doirasida Vitebsk shahrida O‘zbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi o‘tkazildi.

Forumda Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova ishtirok etdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, ayniqsa, xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarni startap va innovatsiyalarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi.

 Buxoro davlat texnika universiteti va Belarus oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bir qator hamkorlik hujjatlari imzolandi. Jumladan, Buxoro davlat texnika universiteti hamda Belarus davlat universiteti, Evfrosin Polotsk nomidagi Polotsk davlat universiteti, Belarus davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti o‘rtasida ikki tomonlama akademik va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Memorandum imzolandi.

– Memorandum doirasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar, startap va innovatsion loyihalarda qo‘shma hamkorlik ishlari birgalikda amalga oshiriladi. Bu hamkorlik ikki tomonlama tajriba almashuviga, ilg‘or ilmiy g‘oyalar muhokamasiga va yoshlar o‘rtasida ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi, – deydi Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limdagi hamkorlik