Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan qabul qilgan “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonga ko‘ra, 523 nafar shaxs afv etildi.

Davlatimizning insonparvarlik siyosati hamda xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehr-oqibat va kechirimlilik kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi bo‘lgan mazkur hujjat jazo muddatini o‘tayotgan 34 nafar samarqandlikka nisbatan ham tatbiq etildi.

Samarqand viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, afv etilganlarning 10 nafari (9 nafari probatsiya xizmatidan) asosiy jazodan to‘liq, 15 nafari asosiy jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi hamda 9 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazosi axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirildi.  

Afv etilganlarning 3 nafari 60 yoshdan oshganlar, 11 nafari yoshlarni tashkil etadi, 3 nafari ayollar.

Farmon ijrosi yuzasidan joylardagi probatsiya bo‘linmalari xodimlari, mahalla yettiligi hamda mas’ul tashkilotlar vakillari afv etilgan shaxslarning yashash sharoiti, oilaviy ahvoli hamda muammolarini o‘rganib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.

Mazkur shaxslar tegishli tartibda hisobga olinib, kelgusida profilaktik ishlar olib borish va ijtimoiy hayotga moslashtirish bo‘yicha ularning har biriga o‘zlari istiqomat qiluvchi mahallalardan obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan shaxslardan jamoatchi murabbiylar biriktirildi.

   Shuningdek, avf etilgan shaxslar hududiy tibbiyot birlashmalari xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan fuqarolarga zurar tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.  

G‘.Hasanov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik bayrami munosabati bilan 34 nafar samarqandlik afv etildi