Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Andijon shahrida joylashgan “SMT” MCHJga qarashli “MTTY” savdo do‘konida Turkiyada ishlab chiqarilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kiyimi mahsuloti bo‘yicha nazorat xaridi o‘tkazildi.

Tanlab olingan mahsulot akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasiga topshirilib, tahlillar jarayonida texnik reglament talablariga ko‘ra quyidagi nomuvofiqliklar aniqlandi. Jumladan, mato tarkibi: asosiy mato 100 foiz paxta, dekorativ mato 100 foiz poliefir tola ekani aniqlandi.

Tikuv ishlovi o‘ralgan biriktiruvchi tikuvlar buyumning old tomonida bajarilmagan. Shuningdek, dekorativ elementlari sintetik toladan tayyorlangan bo‘lib, bolaning bo‘yin va qo‘l terisiga bevosita tegib turadi. Mazkur mahsulotlardan foydalanish bolalarda allergik kasalliklar va teri yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu nomuvofiq mahsulotlarni realizatsiya qilgan “SMT” MCHJga nisbatan choralar ko‘rilishi va savdo nuqtalaridan chiqarilishi bo‘yicha murojaatlar yuborildi hamda masala nazoratga olindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chaqaloqlar uchun tikilgan kiyim sifatsiz ekani aniqlandi