Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Norma ijodkorligi faoliyatida huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilangan hamda huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Senat yalpi majlisida huquqni qo‘llashda yagona amaliyotni ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi hamda aholi va tadbirkorlarning ortiqcha sarson bo‘lishiga sabab bo‘lgan ayrim normalarni huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati yuzaga kelgani qayd etildi. 

 Shu maqsadda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan 12 qonun hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 

Ular orasida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”, “Davlat boji to‘g‘risida”, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunlar hamda Soliq kodeksi bor. 

Senatorlar ma’qullagan mazkur qonun jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishini ta’minlash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

N.Abduraimova,

N.Haydarov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga xizmat qiladigan qonun ma’qullandi