Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar, xususan instagram insonlarning kundalik hayotida ajralmas bo‘lakka aylangan. Bu platforma nafaqat do‘stlar bilan bog‘lanish yoki vaqt o‘tkazish vositasi, balki inson ongini shakllantiruvchi, jamiyatni ijtimoiy, madaniy va siyosiy jihatdan o‘zgartiruvchi vositaga aylanishi bilan ajralib turadi. Instagramda har kuni milliardlab postlar va qisqa videolar almashiladi. Bu esa minglab, millionlab izohlar shaklida ifoda topadi. Insonlar rasm va videolar uchun o‘zining sub’ektiv fikrlarini bildirishi mumkin. Ammo har bir ishda me’yor bo‘lganidek izoh yozishning ham o‘ziga yarasha madaniyati bo‘lishi kerak.

Instagram algoritmlari shunday qurilganki, platformada faollik, ya’ni layklar, postlarni ko‘rish va eng muhimi, izohlar soni yuqori bo‘lsa, kontent yanada kengroq auditoriyaga yetib boradi. Bu esa o‘z navbatida ko‘proq ta’sir kuchini oshiradi. Shu bois, ko‘plab foydalanuvchilar, ayniqsa blogerlar va vaynerlar, faqatgina faollikni oshirish uchun har qanday mavzuda hatto saviyasiz va beparvo kontentlarni targ‘ib qiladilar.

O‘zbekiston sharoitida bu holat yanada yaqqol ko‘rinadi. Ko‘p hollarda, ayrim bloger va san’atkorlar oilaviy yoki shaxsiy mojaro va nizolarini keng ommaga olib chiqadi. So‘ng, bunday postlar minglab muhokamalarga sabab bo‘ladi. Natijada, kontentning mazmuni muhim bo‘lmaydi. Faollik yuqori bo‘lsa, algoritm uni yanada ko‘proq odamga ko‘rsatadi. Bu esa jamiyatning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki ko‘plab yoshlar va foydalanuvchilar bunday tarbiyaviy ahamiyati mavjud bo‘lmagan, hech qanday bilim va ko‘nikma ulashmaydigan “aralashma” kontentni qabul qilib, unga ko‘proq e’tibor qaratadi.

Aksincha, tarix, adabiyot, siyosat, madaniyat va san’at kabi sohalarda faoliyat yurituvchi kontent yaratuvchilar ko‘pincha ommaviy auditoriyaga yetib borishda qiyinchilikka duch keladi. Ularning postlari kamroq izoh va layk to‘playdi. Bu esa instagram algoritmi tomonidan kamroq tarqatilishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli, ijtimoiy tarmoqda haqiqatan ham foydali va ta’limiy kontentning o‘rni cheklanib qolmoqda.

Instagramdagi izohlar nafaqat faollik ko‘rsatkichi, balki izoh yozayotgan har bir insonning dunyoqarashi va fikrini ham aks ettiruvchi vosita. Ammo afsuski, ko‘p hollarda izohlar emotsional, shov-shuvli va yengilmas mavzularda bo‘lishi odamlarning e’tiborini real muammolar va katta masalalardan chalg‘itadi. Shuning uchun, izoh yozish madaniyati va uning mazmunini ko‘tarish juda muhim.

Biz instagramdagi bu kuchni salbiy tarafga sarflash o‘rniga, katta maqsadlar uchun ishlatishimiz kerak. Masalan, ta’lim, madaniyat, tarix, ijtimoiy muammolarni muhokama qilishda faol bo‘lish, har bir izohimiz orqali o‘z fikrimizni asosli va madaniyatli tarzda bildirish, shu yo‘l bilan jamiyatimizning ongini ko‘tarishimiz mumkin.

Yuqorida kelib chiqayotgan muammoni yaxshilash uchun har bir foydalanuvchi o‘z fikrini yozishda ehtiyotkor, hurmat bilan va eng muhimi asosli holda yozishi lozim. O‘z fikrimizni bildirayotganda faktlarga tayangan holda munozaralar olib borish ijtimoiy tarmoq muhitini sifatliroq qiladi.

Foydalanuvchilar o‘z vaqtini va energiyasini faqatgina yengil-yelpi kontentlarga izoh yozishga emas, balki foydali kontentlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflashi maqsadga muvofiq. Bu esa butun jamiyatimiz ijtimoiy ongi ijobiy tarafga o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 

Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyaga ega insonlar o‘z kuzatuvchilariga ta’sir qiluvchi shaxslar sifatida ma’suliyatni his qilishlari, zararli yoki asossiz kontentni targ‘ib qilishdan tiyilishlari lozim.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoziluvchi izohlar jamiyat birligi va ijtimoiy faollik orqali fikr almashish vositasi sifatida keng ko‘lamdagi muammolarni hal qilishi, fikrlarni shakllantirish va vaziyatni har doim yaxshi tomonga hal bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

Hozirda ijtimoiy tarmoqlar faqatgina texnologik rivojlanish emas, balki jamiyat ongi va madaniyatining o‘zgarishida muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda ham bu platformalardan faqat ko‘ngilochar yoki past darajadagi kontentni targ‘ib qilish uchun emas, balki ta’lim, madaniyat va ijtimoiy jihatdan foydali materiallar almashish uchun foydalanish zarur.

Izoh yozish madaniyatini rivojlantirish, o‘z fikrimizni asosli ifodalash va ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni jamiyat kelajagini yaxshilash uchun yo‘naltirish har bir foydalanuvchining, ayniqsa jamiyatda kechayotgan voqealarga befarq bo‘lmagan insonlarning muhim vazifasidir. Faqat shu yo‘l bilan biz ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’sirini kamaytirib, ularni ijobiy o‘zgarishlar manbaiga aylantira olamiz.

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yozayotgan izohlarimiz – dunyoqarashimizdan darak