Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida yangi o‘quv yilining boshlanishi qo‘shaloq bayramga aylanib ketdi.

Mazkur oliy o‘quv yurti tashkil etilganining 5 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirga ijodkor ziyolilar, talabalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari,  Janubiy Koreyadan kelgan  ijodi xor jamoasining vakillari taklif etildi.  

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati  instituti rektori Eldor Shermanov mamlakatimizda madaniyat va san’at rivoji, ayniqsa musiqiy ta’lim ravnaqi  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning doimiy e’tiborida ekanini alohida e’tirof etdilar.  

— Institutimizda talabalarning puxta bilim olishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan, – dedi oliy o‘quv dargohi rektori Eldor Shermanov. – O‘quv yo‘nalishlarimiz ko‘paydi, ayni paytda milliy musiqa san’atimizga mehri baland bo‘lgan eng iqtidorli yoshlar talabalar safiga qabul qilindi. Oliy o‘quv yurtimizda bilim berilayotgan dostonliklik, baxshichilik, maqom kabi san’at yo‘nalishlari YUNESKOning ro‘yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga mazkur betakror san’at turlari tobora ko‘proq xorijlik mehmonlarning e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda. Yaqindagina Prezidentimiz farmoni bilan institutimizning besh nafar vakili Vatanimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlangani jamoamizning ulkan yutug‘idir.  

[gallery-25145]

– O‘zbekistonga kelishni anchadan buyon orzu qilardim, – dedi Janubiy Koreyaning Chxorvon (Cheorwon) tumani hokimi Leye Xyujong. – Bunday tantanali tadbirda qatnashayotganimdan behad mamnunman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning milliy madaniyat va san’atga qaratayotgan e’tibori ibrat olishga arzigulikdir.

Tadbirda mamlakatimiz va Koreya o‘rtasida madaniy-ma’rifiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.  

O‘zbek milliy maqom san’ati ustalari, ijrochi yoshlar hamda Janubiy Koreya xor jamoasi ishtirokida katta  konsert dasturi namoyish  etildi.  

Nazokat Usmonova, 
Rustam Nazarmatov (suratlar), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda san’atga qaratilayotgan e’tibor ibratga arzigulikdir