O‘zbekiston Milliy universitetida davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo etilgan yangi 12 qavatli yotoqxona 1000 nafar talaba uchun zamonaviy yotoqxona qurib bitkazildi.
Yotoqxona mehmonxona uslubida loyihalashtirilgan bo‘lib, har bir seksiya 4–6 nafar talaba uchun mo‘ljallangan. Seksiya ichida alohida oshxona, sanuzel va dush xonalari, zamonaviy maishiy texnika va mebellar, hamda qulay isitish-sovitish tizimlari mavjud.
Binoning 1–2-qavatlarida talabalar uchun xizmat ko‘rsatish markazlari, savdo va ovqatlanish shahobchalari faoliyat yuritadi. Zamonaviy arxitektura asosida qurilgan majmua xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi va talabalar uchun yuqori darajadagi yashash hamda ta’lim olish imkoniyatlarini yaratadi.
Mazkur yotoqxona nafaqat talabalarning farovon turmush kechirishiga, balki bilim olish jarayonini samarali va mazmunli tashkil etishga ham xizmat qiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/TXkxPOBGBQA?si=vqd2jDN5x0I1pgdc" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Iskandar Ismetov, Asliddin Alijonov, O‘zA