Vitebsk shahrida “O‘zbekiston - Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida” mavzusiga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi o‘tkazilmoqda.

Forumda hamkorlikni rivojlantirish, yangi loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinayotir.   

Forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus yengil sanoatining yetakchi korxonalaridan biri – “Marko” charm-poyabzal kombinatiga tashrif buyurdi.

Kombinatning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik yechimlari, qo‘llaniladigan materiallar va mahsulotlar assortimenti bilan tanishildi. Shuningdek, poyabzal, to‘qimachilik va attorlik buyumlarini o‘z ichiga olgan tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 60 dan ortiq sanoat, savdo va ilmiy tashkilotlarni birlashtirgan “Bellegrprom” davlat konserni faoliyati taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Konsernning eksport strategiyasi, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xalqaro brendlar bilan ishlash tajribasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 2019 yildan e’tiboran Toshkent yengil sanoat instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti va Vitebsk davlat texnologiya universiteti o‘rtasida qo‘shma dasturlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi. 

***

Forum davomida “Yengil sanoat: O‘zbekiston va Belarus hamkorligining yangi yo‘nalishlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan seksiyada tadbirkor ayollar yengil sanoatni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirish borasida tajriba almashdi.

Ikki davlat o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar, ta’lim, dizayn va bozor talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

“Mashinasozlik kompleksida hamkorlik istiqbollari” mavzusida bo‘lib o‘tgan seksiyada avtomobilsozlik va mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish mexanizmlari, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish borasidagi imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirkor ayollar biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tajribasi, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berishdagi sheriklik istiqbollari, shuningdek, kabel mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar tashabbuslari ilgari surildi.

***

         Biznes-forum doirasida “O‘zbekiston va Belarus: turizm sohasida biznes-hamkorlik” mavzusida o‘tkazilgan seksiyada turizm sohasini barqaror va o‘zaro manfaatli rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish hamda kadrlar tayyorlash masalalarida tajriba almashildi.

Xalqaro bozorlarda qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini realizatsiya qilish, ixtisoslashgan ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish va turizm sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, shu jumladan, yagona turistik axborot-tahliliy portal yaratish kabi tashabbuslar ilgari surildi.

O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarida madaniy, tarixiy yo‘nalishlarni, shuningdek, Belarusning diqqatga sazovor joylari va o‘ziga xos qirralarini  ochib berishga qaratilgan sayyohlik yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi va Belarus Respublikasi Turizm sanoati respublika ittifoqi o‘rtasida turizm sohasida 2026-2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik chora-tadbirlari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi o‘tkazilmoqda