Vatanimiz tarixidagi 3 sentyabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1418 yil (bundan 607 yil oldin) – temuriylar hukmdori Shohruh Mirzo o‘z yaqinlari bilan Imom Rizo qabri ziyoratiga otlandi. Shohruh Mirzo qo‘l ostidagi raiyatning e’tiqodiga, mazhabiga hurmat ko‘zi bilan qaragan. Hukmdor xonadonining Mashhadga, Imom Rizo marqadiga hurmati juda katta bo‘lgan. Uning rafiqasi malika Gavharshod begim Imom Rizo maqbarasi ustiga qurilgan gumbazli bino yonida ulkan masjid qurilishini boshlagan va Shohruh Mirzo tashrifi kunlarida u bitish arafasida edi. Tarixchi olim Poyon Ravshanovning yozishicha, masjid podshoh ishtirokida tantanavor ochiladi. 

Ziyorat kunlarida Shohruh Mirzo shahar bilan tanishadi, shaharning sharqiy tomonida choharbog‘ va qasr barpo etishnn tayin qiladi. Bog‘ va qasrning tarxini uning o‘zi belgilab beradi. Qasr Shohruh Mirzo qachon bu shaharga ziyoratga kelsa, unga qo‘nish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ziyorat kunlarida xalqqa berilgan tortiqlar, nazr-niyozlar hammaning ko‘nglini ko‘taradi. Shohruh Mirzo tashrifidan shahar ham, mashhur imom qadamjosi ham obod bo‘ladi.

1560 yil (bundan 465 yil oldin) – tarixchi olim, akademik Bo‘riboy Ahmedovning qayd etishicha, Balx hokimi, shayboniylarning oliy xoni Pirmuhammadxon Toxaristonning yirik shaharlaridan bo‘lgan Tolqon (Toliqon) bilan Qunduz ustiga qo‘shin tortdi. Tarixiy manbalarda bu yurishning natija-oqibati haqida aniq biror nima deyilmagan.

1870 yil (bundan 155 yil oldin) – Buxoro amirligiga tarkibidagi Kitob bekligi ruslar tomonidan bosib olingandan keyin harbiy arbob, ma’rifatparvar Jo‘rabek saroyidagi sharq qo‘lyozma asarlaridan iborat noyob kutubxona to‘liqligicha qo‘lga olinganligi haqida Zarafshon okrugi boshlig‘i general-mayor Abramov Turkiston general-gubernagoriga xabar qildi. Turkiston general-gubernatori Kaufman bu qimmatli qo‘lyozmalar haqidagi xabardan voqif bo‘lgan zahotiyoq ularni Sankt-Peterburgga – Imperator xalq kutubxonasiga jo‘natish maqsadida 1870 yil 23 sentyabrda Abramovga qo‘lyozma kitoblarni Toshkentga, general-gubernatorlik idorasiga yuborishni buyurdi. 

Xatda jumladan shunday deyilgan: “...Siz janoblaridan barcha kitoblarning fexristini tuzib, mening idoramga yuborishingizni so‘rayman. Mabodo janob Aleksandr Kun qo‘lyozma asarlarning hech bo‘lmasa eng muhim nusxalarini qisqacha bayon qilib bersa, juda foydali bo‘lar edi. Keyin bu kitoblarning o‘zi qisqacha bayoni bilan xalq kutubxonasiga jo‘natiladi”. General Abramov general Kaufmanning talabini ortig‘i bilan bajardi. U Jo‘rabek saroyi zabt etilganda faqat o‘zi tortib olgan qo‘lyozma kitoblaridan tashqari, Aleksandr Kun tomonidan Shahrisabzda yig‘ilgan qo‘lyozma asarlarni ham qo‘shib jo‘natdi. 

1919 yil (bundan 106 yil oldin) – Toshkent shahrida Turkiston respublikasi viloyat adliya rahbarlarining birinchi qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoy kun tartibidagi asosiy masala sudya va tergovchilarni harbiy safarbarlikdan ozod etishga qaratilgan edi.

1958 yil (bundan 67 yil oldin) – Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga poydevor qo‘yilishi bilan Navoiy shahriga asos solindi. Kombinat O‘zbekistonning 5 ta viloyatida joylashgan 5 ta kon boshqarmasi va ular negizida qurilgan bir qator shahar va shaharchalarga asos solgan. 

1993 yil (bundan 32 yil oldin) – O‘zbekiston Respblikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida” qonunlari qabul qilindi.

1993 yil (bundan 32 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi ordenlari va medallarining tasvirlari haqida”gi qarori qabul qilindi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi sessiyasiga taqdim etilgan ordenlar tasvirlarining muqobil variantlaridan ko‘pchilik deputatlar tomonidan ma’qullangan quyidagi tasvirlar asos uchun qabul qilinishi qayd etilgan: “O‘zbekiston Qahramoni” ordeni – tasvir muallifi R.Dadulagov; “Mustaqillik” ordeni – tasvir muallifi Z.Turdaliyeva; “Mardlik” ordeni – tasvir muallifi A.Mamajonov. 

1998 yil (bundan 27 yil oldin) – O‘zekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buyuk Britaniya bilan savdo iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha idoralararo kengash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

1998 yil (bundan 27 yil oldin) – Toshkentdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyi (hozirgi Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi) oldidan toshkentlik Murod Qosimov dunyo bo‘ylab velosipedda uch yillik safarga jo‘nadi.

2001 yil (bundan 24 yil oldin) – O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri jamoasi o‘zining yangi qurilgan muhtasham binosida ilk mavsumini O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasi bilan boshladi.

2004 yil (bundan 21 yil oldin) – O‘zekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2014 yil (bundan 11 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarkibida xitoyshunoslik fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boy berilgan xazina: Kitob begi Jo‘rabekning noyob kutubxonasi