Munosabat

Shu kunlarda dunyoning nigohi Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi hamda “SHHT plyus” sammitida bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xalqaro ekspertlar bu nufuzli tadbirda bildirilgan tashabbuslarning ahamiyatini e’tirof etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sammitda ilgari surgan tashabbuslari nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa va jahon uchun katta ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlanmoqda.

– Tyanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi, – deydi Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun. – Bu Xitoyning mazkur tashkilotdagi raisligi doirasidagi eng muhim tadbirdir. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham nutq so‘zladi. O‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, amaliy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish bo‘yicha qator yangi muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Ushbu tashabbuslar SHHT doirasidagi hamkorlik aloqalarini yangi darajaga ko‘tarishda muhim ahamiyatga ega. Ishonamanki, ularning amalga oshirilishi hamkorligimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, xalqlarimizga faqat foyda keltiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy yetakchilarining sa’y-harakatlari natijasida ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv ham tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi. O‘ylaymanki, temir yo‘llar qurilishi, raqamlashtirish, yashil iqtisodiyot kabi qator sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar katta. Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mazkur loyiha natijasida logistika yengillashadi va yangi investitsiyalar kirib keladi. 

Sammit O‘zbekistonning mintaqaviy va global masalalardagi faol pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari xalqaro maydonda keng qo‘llab-quvvatlanayotgani mamlakatimiz nufuzining ortib borayotganidan dalolatdir.

I.AVVALBOEV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston ovozi SHHT minbaridan butun dunyoga yangradi