Mahalla azaldan xalqimiz uchun mehr-­muruvvat, xayr-saxovat markazi bo‘lib kelgan. Keyingi 8-9 yilda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli va aniq manzilli islohotlar natijasida mahalla bugunga kelib tadbirkorlik, biznes g‘oyalar va loyihalar markaziga aylandi.

Aynan shu davrda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan kambag‘allikni qisqartirish va ishsizlikni bartaraf etishning asosiy vositasi sifatida mahallabay ishlash tizimiga asos solindi. Aholini, ayniqsa, yoshlar va ayollarni kasb-hunarga o‘qitish, oila xo‘jaliklarida biznes tashkil etishiga ko‘maklashish, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, bir so‘z bilan aytganda, xalqni rozi qilish bu tizimning pirovard maqsadidir.

Prezidentimiz mamlakatimiz мус­taқиллигининг o‘ttiz to‘rt yilligiga бағish­ланган tantanali marosimdagi nutqida mahallabay ishlash tizimining maqsadi va muhim ahamiyati haqida to‘xtalib, jumladan, shunday dedilar: “Yurtimiz aholisi yiliga o‘rtacha 700-800 ming kishiga ko‘paymoqda. Mehnat bozoriga har yili 500-600 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. Buncha odamni o‘qitish, kasb-­hunarli qilish, ularga ish topib berish o‘z-­o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Buning uchun muntazam ishlaydigan tizim, kafolatli investitsiya va infratuzilma kerak.

Shuni oldindan chuqur o‘ylab, biz bu yo‘nalishda aniq dasturlarni qabul qildik. Biz mahallagacha tushib, o‘zini o‘zi band qilgan tadbirkordan tortib, yirik biznesgacha — barchasini alohida yondashuv asosida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim barpo etdik”.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida 2026 yilga qadar kambag‘allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobar, 2030 yilga qadar esa keskin qisqartirish ko‘zda tutilgan. Aytish joizki, kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 4,5 million kishi daromadini oshirish kabi ustuvor maqsadlarga erishishda aynan mahallabay ishlash tizimi muhim o‘rin tutadi. 

Prezidentimiz raisligida 2024 yil 16 dekabr kuni banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu boradagi yangi imkoniyatlar va rejalar muhokama qilingandi. Xususan, oxirgi 6 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 750 ming kishi kreditini vaqtida qaytarib, daromadli biznesga ega bo‘lgani va ulardan 58 mingi yangi korxona ochgani qayd etilib, respublika tijorat banklari zimmasiga mana shunday sinovdan o‘tgan mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, kichik va o‘rta biznes darajasiga olib chiqish vazifasi yuklatildi. 

Shuningdek, 60 ta ilg‘or shahar hamda tuman ishsizlik va kambag‘allikdan xoli bo‘lish imkoniyatiga ega ekani, buning uchun 2025 yilda ulardagi 2 million kishini band qilib, 417 ming oilani kambag‘allikdan olib chiqish zarurligi ta’kidlandi. Hokimliklar bilan banklarning mahallalarda muvofiq ishlash tizimi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda tuman hokimlari loyihani joy va infratuzilma bilan ta’minlash majburiyatini olishi, banklar esa tadbirkorlar loyihalariga ko‘maklashib, muammosini hal etishi, ishsizlarni biznesga jalb qilishi belgilandi. Shu maqsadda hududlarda mahalla bankirlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi. 

Mazkur yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar chuqur tahlil va aniq hisob-китоб­ларга asoslangan edi. Shuning barobarida qo‘yilgan dolzarb vazifalar mahallabay ishlash tizimida yangi bosqich boshlanayotganini anglatardi. Bu bosqich kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikni bartaraf etishga doir yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish va tatbiq etishni taqozo etardi.

Mahalla bankirlari instituti aynan mana shu omil samarasi o‘laroq, mahalla salohiyatini yuzaga chiqarishda yangi bunyodkor kuch sifatida maydonga keldi. 

Mahalla bankiri kim?

Mahallada tadbirkorlik qilish imkoniyati yildan yilga kengayib bormoqda. “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash”, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish”, “Mahalla loyihasi”, “Biznesga birinchi qadam”, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash “Hamroh” dasturi va boshqa qator dasturlar qabul qilinishi bilan bu yo‘nalishda yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Bu dasturlarning har birida tadbirkorlik faoliyati uchun o‘ziga xos qulayliklar va alohida imtiyozlar belgilangan.

Tan olishimiz kerak, bu imkoniyatlardan aholining barcha qatlami ham birdek xabardor emas. Odamlar orasida tadbirkorlik g‘oyalarini va davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan qulayliklarni targ‘ib qilish holati bugungi kun talablariga to‘la javob bermaydi. 

Ilgari mahalla tizimida hududdagi biznes imkoniyatlarini o‘rganadigan, ­odamlarning g‘oyalari va qobiliyatini loyihalarga aylantiradigan mas’ul shaxs yo‘q edi. 

Bundan tashqari, tijorat banklarining ishlash uslublari eskicha — mijozga yo‘nalmagan edi. Bank xodimlari asosan o‘z ofislarida mijozlar bilan ishlardi. Aksariyat hollarda ular faqat murojaat qilgan tadbirkorlarning loyihalarini ko‘rib chiqar va moliyalashtirardi. Chunki tijorat banklarining tashkiliy tuzilmalarida ­uyma-uy yurib, xonadonbay ishlab, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarni aniqlab, topib, bankning yangi mijoziga aylantiradigan mutaxassislar avval bo‘lmagan. 

Biror-bir g‘oyani biznesga aylantirish uchun fuqaro, albatta, issiqda yoki sovuqda yo‘l bosib, tuman markazidagi bank idorasiga borishi, tegishli mutaxassisga муро­жаат qilishi lozim edi. O‘sha vaqtlarda bunga hamma ham hafsala qilmasdi. Bankka borgan fuqaroning masalasi doim ham tez bitmasdi — sansalorlik bor edi. Mazkur муро­жаат kunlarni, ba’zida oylarni talab etardi. Aholiga ko‘pincha bu malol kelar, norozi bo‘lardi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan vujudga kelgan mahalla bankirlari aynan mana shu bo‘shliqlarni to‘ldirdi. Bu bilan, birinchidan, loyiha tijorat banklarini xalqqa yanada yaqinlashtirdi. Boshqacha aytganda, banklar o‘z ofisidan tashqariga chiqdi. 

Ikkinchidan, aholining tijorat banklariga munosabati keskin o‘zgardi. Fuqarolarda banklarga ishonch oshdi, aholi va banklar o‘rtasidagi jarlik yo‘qoldi. 

Uchinchidan, mahallada tijorat banklari uchun yangi mijozlar oqimi vujudga keldi. Banklar orasida har bir mijoz uchun kurash, sog‘lom raqobat muhiti paydo bo‘ldi. 

To‘rtinchidan, mahalla bankirlari vositasida mahallalardagi tadbirkorlik salohiyati, mavjud imkoniyatlar kengroq yuzaga chiqa boshladi. Avval biznes boshlash va kredit olishga ikkilanib yurgan fuqarolar harakatga kelib, yangi tadbirkorlar avlodiga aylanmoqda. 

Beshinchidan, hududlarning iqtisodiy faolligi oshdi. Mahallalarda yangi ish o‘rinlari, qo‘shimcha daromad manbalari va ishlab chiqarish quvvatlari paydo bo‘lmoqda. 

O‘tgan qisqa muddatda mahalla bankirlari aholining eng yaqin maslakdoshi va moliya­вий ko‘makchisiga aylanib ulgurdi. Mahalla bankirini tom ma’noda “mahalladagi bunyodkor kuch” deyish mumkin. Chunki uning asosiy maqsadi hududda aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish ishlarini bajarish hamda shu orqali ishsizlik va kambag‘allik darajasini pasaytirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishdir.

Mahalla bankiri:

aholiga biznesni yo‘lga qo‘yishni, mahsulot va xizmatlarini sotishni, kredit olish va qaytarishga doir moliyaviy taртиб­ларни o‘rgatadi, loyihalarga hamrohlik qiladi; 

aholi orasidan o‘ziga biriktirilgan mahallalarda xonadonlarni yaxshi biladigan yordamchi-agentlarni yollab, fuqarolarni bank xizmatlariga qiziqtirish va loyiha takliflarini topish ishlarini tashkil qiladi; 

tadbirkorlik sub’ektlarining yangi loyihalarini amalga oshirishda ishbilarmonlar bilan birga biznes reja ishlab chiqish va moliyalashtirishda amaliy yordam beradi;

“o‘zini o‘zi band qilgan shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — kichik biznes — o‘rta biznes — yirik biznes” zanjirining har bir bosqichida moliyaviy xizmat turlarini taklif etib boradi;

mahallaning barcha statistik ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, yangi va mavjud tadbirkorlarning salohiyatini oshirish, mahallada tadbirkorlikka qiziqishi yuqori aholiga biznes tashabbuslarini tatbiq etishda maslahat va moliyaviy ko‘mak beradi; 

aholi va tadbirkorlarning takliflari hamda ko‘tarilgan muammolarni bank filialiga yetkazadi. 

Qisqasi, endi mahallada tadbirkorlik rivojiga mas’ul, fuqarolar bilan birma-­bir gaplashib, ularning loyihasini g‘oyaga, biznes rejaga aylantiruvchi, kerak bo‘lsa, yelkama-yelka turib uni amalga oshiruvchi vakil bor. U — mahalla bankiri!

Yuzaga chiqayotgan yashirin salohiyat

Yangi tizim joriy etilishi ortidan mahalladagi avval ma’lum bo‘lmagan yashirin imkoniyatlar yuzaga chiqa boshladi. Xususan, tadbirkorlikka ishtiyoqi bor, lekin tavakkalchilikdan va muvaffaqiyatsizlikdan cho‘chib o‘z biznesini boshlay olmayotgan fuqarolar harakatga keldi. Mahalla bankirlari timsolida ular tom ma’noda o‘ziga yaqin ko‘makchini his etdi, o‘ziga ishonchi ortdi. 

O‘tgan qisqa davrda tijorat banklari faoliyatida mijozlar bilan ishlashda foydalanilmayotgan katta salohiyat mavjudligi ham ko‘rinib qoldi. Banklar aholi bilan butunlay yangicha ishlay boshladi. Natijada mahallada biznesni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari tarkib topdi.

“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekistondagi yetakchi moliya muassasalaridan biri sifatida yangi tizimni joriy etish va uning amaliy samaralarini yuzaga chiqarishda faol ishtirok etmoqda. Hozir respublika bo‘yicha mazkur bankka biriktirilgan 614 ta mahallada 232 mahalla bankiri va 614 yordamchi agent ishlamoqda.

Joriy yil davomida mahallalarda 255 ming 117 kishini daromadli mehnat bilan band qilish, shundan 106 ming 523 nafarini doimiy ishga joylashtirish va 148 ming 594 nafarini tadbirkorlikka jalb etish belgilandi. Bunda kichik va o‘rta biznesga 5 trillion 737 milliard so‘m va dasturlar doirasida 1 trillion 350 milliard 300 million so‘m hamda “Mahalla loyihasi” dasturlari doirasida 100 million dollar miqdorida kredit ajratilishi ko‘zda tutildi. Bandlik, kambag‘allikdan chiqarish va tadbirkorlikka jalb qilish doirasida 2025 yilning yanvar-iyul oylarida “Biznesni rivojlantirish banki” ko‘magida 162 ming 901 kishi daromadli mehnat bilan ta’minlandi. Bu boradagi reja ko‘rsatkichlari 115 foiz bajarildi.

Bankimiz tomonidan joriy yil yanvar-iyul oylarida 58 ming 625 kishini дои­мий ishga joylashtirish rejalashtirilgan edi, amalda 60 ming 860 fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Mazkur davrda 83 ming 496 fuqaroni tadbirkorlikka jalb etish ko‘zlangan bo‘lib, amalda 102 ming 41 odamni tadbirkorlikka jalb etishga ko‘maklashildi. Bu borada rejadagi ko‘rsatkich 122 foiz bajarildi.

“Uychi tajribasi” asosida tadbirkorlik sub’ektlari bilan 798 ta uchrashuv o‘tkazildi, muloqotlarda 3445 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 3340 tasi joyida ijobiy hal etildi va natijada 4413 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Masalan, Ko‘kdala tumanida ro‘yxatdan o‘tgan “Eshtemir Yaxshiboyevich” MCHJ rahbari uchrashuvda chorvachilik faoliyatini ­kengaytirish maqsadida kredit so‘rab murojaat qilgan edi. Korxonaga “Mahallada biznes” kredit mahsuloti orqali 64 мил­лион so‘mlik kredit ajratildi. Natijada tadbirkor 2 ta yangi ish o‘rni ochdi.

“Sayxunobod tajribasi” asosida bankimizga biriktirilgan mahallalarda jami 14 ming 432 ta mikroloyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 17 ming 231 ta mikroloyiha ajratildi. Bu sa’y-harakatlar hisobiga rejadagi 28 ming 864 nafar o‘rniga amalda 35 ming 369 kishi ishga joylashdi.

“Biznesni rivojlantirish banki” yilning o‘tgan davrida aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash doirasida kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga 2 trillion 337 milliard so‘mlik, shuningdek, mahalla loyihasi дас­тури doirasida 669 milliard 200 million so‘mlik kredit ajratdi.

Bu raqamlar davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan hayotga izchil tatbiq etilayotgan yangi iqtisodiy mexanizmning amaliy natijalari, xolos. Mahalla bankirlari loyihasi aholi uchun ham, tijorat banklari uchun ham birdek manfaatli bo‘lmoqda.

Xalqimizga ilhom berayotgan g‘oya

Tadbirkorlik xalqimizning qonida bor. Bugun mana shu haqiqat yurtimizning har bir mahallasida bo‘y ko‘rsatmoqda. Mahallalarimiz tobora obod bo‘lib, yangi tadbirkorlar va yangi loyihalarga yo‘l ochilmoqda.

Mahalla bankirlari esa loyihalarni ishlab chiqishdan boshlab mahsulotlarni sotish, eksport qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonda bosh-qosh, tashabbuskorlarning eng yaqin ko‘makchisi sifatida jonbozlik ko‘rsatmoqda. Ular mahallalardagi yashirin salohiyatni yuzaga chiqarish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari ochishga va mavjud quvvatni kengaytirishga kamarbasta bo‘lmoqda. Bu qanchadan-qancha yangi loyihalar, xaridorgir mahsulotlar, ish o‘rinlari, qo‘shimcha daromad va eksport hajmi demakdir. 

“Har qanday islohot quruq raqamlarda emas, balki, eng avvalo, aholining kundalik hayotida, uning dasturxoni va ro‘zg‘orida o‘z aksini topishi zarur”, degan edi Prezidentimiz. Mahalla taraqqiyoti yo‘lidagi iqtisodiy islohotlar bugun xalqimizning hayot tarzi, kundalik turmushida namoyon bo‘la boshladi. Mahallalarda “Bersang — yeyman, bermasang — o‘laman” qabilidagi boqimandalik kayfiyatida va “Davlat meni boqsin” degan o‘y-fikrda yuradigan fuqarolar tobora kamayib bormoqda. Odamlarda tashabbus bilan yashash, o‘zini band va daromadli qilishga intilish hissi kuchayib bormoqda.

Eng muhimi, fuqarolar yurtimizdagi har qanday islohot “Inson qadri uchun” ekani, ular xalqimizning ertaga emas, bugun yaxshi yashashi uchun amalga oshirilayotganini tobora teranroq tushunmoqda. Bu haqiqatni anglagan inson borki, o‘z mehnati bilan ­oilasi, mahallasi va vatani ravnaqiga hissa qo‘shishga intilmoqda. 

Prezidentimiz Mustaqilligimizning o‘ttiz to‘rt yillik tantanalarida o‘tgan davrda birgina kichik va o‘rta tadbirkorlar soni 2 karra ko‘payganini, bugun ushbu tarmoqda 10 milliondan ortiq aholimiz mehnat qilib, daromad topayotganini ta’kidladi:

— Biz yil boshida 5,5 million aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha katta marra olgan edik. Sakkiz oydayoq 5 millionlik rejani uddaladik.

Eng muhimi, islohotlarimizga ishonib, shu yilning o‘zida chetda ishlayotgan 700 ming fuqaromiz yurtimizga, o‘z oilasi bag‘riga qaytdi, — dedi davlatimiz rahbari.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash shunchaki maqsad yoki balandparvoz g‘oya emas, balki Prezidentimiz tomonidan uzoqni ko‘zlab, puxta ishlab chiqilgan siyosatning mahsulidir. Bu siyosat o‘zining kuchli g‘oyaviy asoslariga, aniq ijtimoiy-iqtisodiy dastaklariga ega va Konstitutsiyamizda huquqiy mustahkamlangan “ijtimoiy davlat” tamoyillariga to‘la mos keladi. 

Davlatimiz rahbari ish boshlagan ilk davrda asos solingan, yildan yilga takomillashib, hayotimizda chuqur qaror topayotgan va xalqimizni tom ma’noda uyg‘otayotgan mahallabay ishlash tizimi bugun iqtisodiy islohot darajasidan yuqori ko‘tarilib, jamiyatimizga bunyodkor ruh va azaldan tadbirkor xalqimizga ilhom bag‘ishlayotgan umummilliy harakatga aylandi.

Shuhrat ORIPOV,

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati rahbari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla bankiri” – mahalladagi bunyodkor kuch