O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Pekin shahrida “China National Building Materials” (CNBM) kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Chjou Yuysyanni qabul qildi.

Xitoyning CNBM kompaniyasi qurilish materiallari ishlab chiqarish, qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish, muhandislik-texnik yechimlarni taqdim etish bo‘yicha eng yirik konglomeratlardan biri sifatida dunyo kompaniyalarining TOP-500 taligiga kiradi.

Uchrashuvda kompaniya tomonidan nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, shamol va quyosh elektr stansiyalari, energiyani saqlash tizimlarini qurish, muqobil energetika ob’ektlari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi. Xitoy kompaniyasining yurtimiz sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturda ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi.

Erishilgan kelishuvlarni jadallashtirish va amalga oshirish uchun alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning “China National Building Materials” kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini muhokama qildi