O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida bir qator yangi ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘plab binolar foydalanishga topshirildi.

Unda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, hudud mas’ullari, deputatlar, nuroniylar, faollar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Dastlab,  Nurafshon shahrida zamonaviy avtobuslar qatnoviga ruxsat berildi. Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Nurafshon jamoat transporti” korxonasi tomonidan Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan zamonaviy sakkiz dona “YUTONG” rusumli avtobuslar keltirildi.

Mazkur avtotransport vositalari Nurafshon shahrining ichki avtomobil yo‘li yo‘nalishlariga joylashtirilishi rejalashtirilgan.

Shundan so‘ng, “Navro‘z” mahallasida qad rostlagan “Nuroniylar maskani” hamda “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” binosining foydalanishga topshirilishi keksa avlod vakillariga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tiborning amaldagi yorqin ifodasi bo‘ldi. Ochilish tadbirida so‘zga chiqqanlar yurtimizdagi tinchlik hamda osoyishtalikka shukrona aytib, yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirdi. 

[gallery-25101]

– Maskanda nuroniylarning mazmunli dam olib, vaqtini chog‘ o‘tkazishlari uchun barcha sharoit mavjud, – deydi Nurafshon shahar Nuroniylar maskani rahbari, 90 yoshdan oshgan Jo‘ra bobo Ahmadqulov. – Bu yerda kutubxona, ma’naviyat, tibbiyot, dam olish xonalari, oshxona, sport zal va sog‘lomlashtirish xonasi, shaxmat-shashka stoli mujassam.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 0,11 gektar yer maydonida qad rostlagan ushbu maskan qurilishi uchun 4,6 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, keksa va yosh avlod vakillariga o‘zaro muloqotda bo‘lish, qolaversa, salomatligini mustahkamlash, ma’naviyatini yanada yuksaltirish uchun keng imkoniyat yaratilgan. 

Shuningdek, bayram munosabati bilan “Nurafshon business city” hududida davlat xizmatchilari uchun qurilayotgan uy-joylar bilan tanishildi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda nuroniylar, faollar, keng jamoatchilik vakillari va jurnalistlarga ushbu hududda qurilishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha ob’ektlari loyihasi to‘g‘risidagi taqdimot namoyish qilindi.

Shundan so‘ng, “Toshkent viloyati pedagogik markazi” binosi qurilishiga start berilib, el-yurt ravnaqi, viloyat rivoji va aholi turmush farovonligi yo‘lida duo qilindi. Ma’lumot uchun, mazkur zamonaviy bino qurilishi uchun jami 50,7 milliard so‘m miqdorda mablag‘ ajratilgan bo‘lib, 1,3 gektar yer maydonida barpo etilishi belgilangan. Markaz ishga tushishi bilan pedagoglarning malakasini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Respublika Tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur inshoot mutasaddilar, soha vakillari, jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirokida tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. 1,60 gektar yer maydonida zamon talablariga mos, innovatsion Tez tibbiy yordam markazi barpo etilmoqda.

– Loyiha doirasida Tez tibbiy yordam viloyat filiali, CALL-markaz, Sanaviatsiya xizmati, Simulyatsion o‘quv markazi, Avtoxo‘jalik bo‘limi hamda Nurafshon shahar tez tibbiy yordam bo‘limi joylashgan, – deydi Respublika Tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali boshlig‘i Doniyor Bo‘riboyev. – Qurilish va jihozlash ishlari uchun davlat byudjeti hisobidan qariyb 40 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Markaz ishga tushgach, bugungi kunda 157,5 tani tashkil etuvchi dispetcherlik shtat birliklari soni 262,5 tagacha oshirilishi kutilmoqda. Ya’ni, yana 105 nafar malakali mutaxassis yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Shuningdek, hududdagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi uchun yangi qurilgan binoning rasmiy ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

A. Musayev, A. Alijonov, O‘zA.(surat)

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi bunyodkorlik ishlari aholiga bayramona tuhfa bo‘ldi