Shu tun Afg‘oniston sharqida yuz bergan 6 balli zilzila natijasida 600 dan ortiq inson hayot bilan vidolashdi, 1 500 fuqaro yaralandi, deb xabar berdi mamlakatning “Bakhtar” davlat axborot agentligi.
AQSH Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Pokiston chegarasi yaqinida sodir bo‘lgan tabiiy ofat Kunar va Nangarhor viloyatlarini qattiq larzaga solgan.
Kunar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bayonotida qayd etilishicha, jabrlanganlarning ko‘pchili Nur Gul, Soki, Vatpur, Manogi va Chapadare tumanlari aholisidir.

Ichki ishlar vazirligi axborotida jarohatlanganlarni qutqarish, vayronalarni tozalash ishlari olib borilmayotgani ta’kidlangan. Halok bo‘lganlar soni bir necha barobar ortishi mumkin.
BBC muxbiriga Tolibon hukumati vakillari o‘nlab uy vayron bo‘lganini aytgan. Hukumat vakillari xalqaro gumanitar tashkilotlardan uzoq tog‘li hududlarda olib borilayotgan qutqaruv ishlariga yordam berishni so‘ragan.
Yer silkinishi kuchi ikki poytaxt - Kobul va Islomobodda ham sezilgan.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA