Avval xabar berganimizdek, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 30 avgust kunidan 8 sentyabr kuniga qadar "CAFA Nations Cup" turniri ishtirok etadi.

Mazkur musobqadan so‘ng, kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida  bir qator kuchli raqiblarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishni reja qilgan.

Jumladan,  hozircha Temur Kapadze qo‘l ostida bo‘lib turgan  terma jamoamiz  oktyabr oyidagi FIFA kunlarida  Urugvay termasi bilan o‘rtoqlik o‘yinini Malayziyaning Johor shahrida joylashgan "Sulton Ibrohim" stadionida  13 oktyabr kuni tashkil etishni rejalashtirgan.  

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston va Urugvay termalari bugunga qadar 2018 va 2019 yillarda o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinida to‘qnash kelgan va har ikkala o‘yinda urugvayliklar g‘alaba qozongan.  Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Urugvay saralash bosqichida ishtirokini davom ettirmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston milliy terma jamoasini oktyabr oyida jiddiy o‘yin kutmoqda