“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh g‘oyani mujassam etgan bayram tadbirlari ezgu maqsadlarga boy tarzda o‘tmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mamlakat bo‘ylab ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari ham keng quloch yoymoqda.

Ezgu maqsadni ko‘zlab amalga oshirilayotgan bu tadbirlarda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi ham faol ishtirok etmoqda.  

Jumladan, fondning viloyat bo‘limi tomonidan viloyatdagi kam taminlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 150 nafar birinchi sinfga borayotgan farzandiga maktab formalari tarqatildi.

Mana shunday tadbirlardan biri Dehqonobod tumanida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan 20 nafar ehtiyojmand oila farzandlariga yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida maktab formasi va zarur o‘quv anjomlari olib berildi.  

Bu xayrli tashabbus bolalarga bayram kayfiyati ulashdi, ularning darslarga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. Ota-onalar bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdorliklarini bildirishdi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasidagi bunday amaliy ishlar jamiyatdagi birdamlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bu kabi tadbirlar bugungi kungacha viloyatning Ko‘kdala, Mirishkor, Muborak, Kitob, Dehkonobod, Chiroqchi, Kasbi tumanlari va Qarshi shahrida bo‘lib o‘tdi. Qolgan tumanlarda ham davom ettirilmoqda.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayram arafasida xayr-saxovatli ishlarga qo‘l urildi