Vatanimiz tarixidagi 31 avgust sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

Mazkur xotira kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 1 may kuni qabul qilingan “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan el-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlarning xotirasini eslash, haqiqat va adolatni tiklash, zamondoshlarimiz, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida o‘tganlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuyg‘usini tarbiyalash maqsadida joriy etilgan. Qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi har yili 31 avgust kuni Mustaqillik bayrami arafasida poytaxtimiz Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida o‘tkaziladi. 

870 yil (bundan 1155 yil oldin) – islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis, muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy Samarqandning Xartang qishlog‘ida vafot etdi. Buyuk muhaddis hijriy 256 yil Iyd al-fitr kechasi (milodiy 870 yil 31 avgustda) hijriy hisobda 13 kuni kam 62 yoshda olamdan o‘tdilar.

1398 yil (bundan 627 yil oldin) – Hindiston yurishiga otlangan Amir Temurga Kobul yaqinida suiqasd qilindi. Bu voqeani tarixchi olim Xondamir quyidagicha qayd etgan: “Ertasiga mazkur oyning o‘n yettinchisi juma kuni sobitqadam Sohibqiron Taxtiravon deb ataluvchi qo‘ng‘ir otini minib, qal’a (Kobul yaqinidagi Eryob qal’asi) girdini aylanayotgan paytda ro‘paradagi darvozaga yetib keldi. Darvoza ustidagi boloxona teshigidan ul hazrat joniga qasd qilib o‘q otdilar va o‘qning o‘tib ketayotgan ovozidan ot hurkib ketdi va u gazanda o‘q ul saodatmand Xusravga tegmadi”.

1865 yil (bundan 160 yil oldin) – Usmoniylar hukumati Qo‘qon xonining iltimosini Majlisi Maxsusda muhokama qilayotgan bir paytda amirlashkar Alimqulning o‘limi va Rossiya imperiyasi qo‘shinlarining Toshkentni ishg‘ol qilganligi xabari Istambulga yetib keldi. Shu yilning boshlarida Qo‘qon xoni Sulton Sayidxon Rossiya imperiyasi tajovuziga qarshi kurashda yordam so‘rab Usmoniylar sultoniga o‘z elchilarini jo‘natgan, elchilar aprelda Istambulga yetib borgan edilar. Tarixchi Muqaddasxon Ahmedovaning qayd etishicha, bu voqeadan so‘ng Usmoniylar sultoni Abdulaziz farmoniga ko‘ra, Qo‘qon va Buxoroga maktub yozilib, elchilarga yo‘l xarajatlari uchun mablag‘ ajratiladi. Maktubda sulton Abdulaziz O‘rta Osiyo xonlarini birdamlikka chaqiradi.

1912 yil (bundan 113 yil oldin) – geolog olim, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Habib Abdullayev tavallud topdi (vafoti 1962 yil). U 1956–1962 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritdi. Habib Abdullayev 130 dan ortiq ilmiy asar, jumladan, 7 ta monografiya yozdi. U O‘zbekistonda iqtidorli yoshlardan fanning turli sohalarida, jumladan geologiya bo‘yicha milliy kadrlar tayyorlashga katta hissa qo‘shdi. Habib Abdullayev 2002 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

1920 yil (bundan 105 yil oldin) – qizil armiya tomonidan amirlik poytaxti Buxoroning shafqatsizlik bilan o‘qqa tutib bombardimon qilinishi, shahar obidalari va minglab begunoh aholining nobud bo‘lishi amir Olimxonni shaharni tashlab chiqib ketishga majbur etdi. Tarixchi U.Rashidovning qayd etishicha, amir Olimxon 1920 yil 31 avgustdan 1 sentyabrga o‘tar kechasi shaharning Samarqand darvozasidan chiqib, Sitorai Mohi Xossa (amirning yozgi saroyi), Vobkent, G‘ijduvon va tug‘ilgan ona shahri Karmana orqali Sharqiy Buxoroga chekindi. 

1952 yil (bundan 73 yil oldin) – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari, Oliy Majlis Senati a’zosi Mahmud Toir tavallud topdi. U – an’anaviy uslub shoiri. She’rlarida oddiy insoniy tuyg‘ular, yurt madhi va muhabbat mavzulari aks etgan. Uning ko‘plab she’rlari taniqli xonandalar tomonidan kuylanadi. U 2000 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

1991 yil (bundan 34 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. Shunday qilib, 1991 yil 31 avgustda o‘zbek xalqi 126 yillik qaramlik davridan so‘ng o‘z milliy davlatchiligini tiklash baxtiga erishdi. Dunyo siyosiy xaritasida juda qadimiy davlatchilik an’analariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.

1991 yil (bundan 34 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilinishi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi.

1993 yil (bundan 32 yil oldin) – Toshkentda Amir Temur haykali ochildi. O‘rta asrlarning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temurga keyinchalik Samarqand va Shahrisabz shaharlarining markaziy maydonlarida ham haykallar o‘rnatildi.

1995 yil (bundan 30 yil oldin) – “O‘zbekiston Respublikasi havo floti kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga binoan, avgust oyining uchinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasining havo floti kuni” etib belgilandi.

2000 yil (bundan 25 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida” Qonuni qabul qilindi.

2002 yil (bundan 23 yil oldin) – Toshkentdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hududida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarida birinchilardan bo‘lib “Qatag‘on kurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi. Muzey Rossiya imperiyasi va sovet hokimiyati davrida Vatan ozodligi yo‘lidagi faoliyati uchun qatag‘on etilgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil qilingan. Bu minnatdor avlodlarning o‘z ajdodlari xotirasiga ehtiromidir.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – Oqsaroy qarorgohida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. Majmuaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi va nutq so‘zladi. 

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – mamlakatimiz tarixida birinchi marta chet elliklarga O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – istiqlolimizning o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Mustaqillik monumentining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Bog‘ning markaziy qismida muhtasham badiiy obida – Mustaqillik monumenti barpo etildi. Ma’lumki, el-yurtimiz o‘zining qadimiy o‘tmishi davomida shonli voqealarni, turli sinov va qiyinchiliklarni, zafarli davrlar bilan birga, fojiali kunlarni ham boshidan kechirgan. Mustaqillik monumentida bular badiiy aks ettirilgan.

Yodgorlik yurtimizda Yangi O‘zbekistonni – Uchinchi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasi bilan uyg‘un holda barpo qilingani ayniqsa ahamiyatlidir. Unda milliy davlatchiligimizning ramzi bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur saltanatining moviy gumbazi, yulduzlar olamiga qarab yuksalgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, dunyo ilm-fani va sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkir bobolarimizning eng nodir ilmiy kashfiyotlari o‘zining bor mahobati va shukuhi bilan ko‘z oldimizda yaqqol namoyon bo‘lib turibdi. Tinchlik va erkinlik, ezgulik va farovonlik timsoli bo‘lgan, ko‘kda mag‘rur parvoz qilayotgan Humo qushi tasviri monumentning eng yuqori qismida – bamisoli uning gultoji bo‘lib o‘rin egallagan.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ya.G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning Buxoro filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – “Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Ko‘krak nishoni bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va g‘oyaviy jihatdan yetuk filmlar yaratish, milliy filmlarni mahalliy va xorijiy kinobozorlarda keng targ‘ib qilish, sohada zamonaviy va jahon tajribasiga asoslangan ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlarini joriy etish ishlariga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni