Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, o‘tgan davrda ushbu yo‘nalishda muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Yurtimizda 2001 yildan buyon har yili 31 avgust – “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” sifatida keng nishonlab kelinmoqda.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan muhtasham haykallar, muzeylar bunyod etildi, ijod maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Siyosiy qatag‘on yillarida nohaq qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimizning nomlarini aniqlash, ularning qoldirgan merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, badiiy va hujjatli asarlar yaratilmoqda.
Bugungi lavhamizda ushbu kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzey bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Irzayev Bahrom Shaymamatovich bilan batafsil suhbatlashdik.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/KEABxGW47GE" title="Bahrom Irzaev: Millat istiqloli uchun kurashgan qatag`on qurbonlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, I. Ismatov (video), O‘zA