SHHT–2025 sammiti arafasida Tyanszin shahrida zamonaviy matbuot markazida Xitoy va dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan kelgan 3 ming nafardan ortiq jurnalist yig‘ildi.

Qayd etish lozimki, mazkur xalqaro ko‘rgazma majmuasi 12 800 m² maydonni egallaydi. Hozirda Markazda ommaviy axborot vositalari uchun qulay ish joylari, brifing zallari, dam olish va ovqatlanish zonalari tashkil etilgan.

Matbuot markazi sakkizta funksional zonaga bo‘lingan. Bu yerda radio va televideniye efiri uchun studiyalar, matbuot anjumanlari va onlayn translyatsiya zallari mavjud.

Xorijiy delegatsiyalar uchun tezkor yangiliklar, foto va video olish imkonini beradigan ko‘p tilli veb-sayt (xitoy, rus va ingliz tillarida) ishlaydi. Oshxona bir vaqtning o‘zida 700 nafar kishiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek,  Markazda ommaviy axborot vositalari vakillari  zaruriyat paydo bo‘lganda to‘lovli tibbiy xizmat ko‘rsatish  xizmatidan foydalanishi mumkin.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Xitoy, Tyanszin

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT sammiti oldidan Tyanszinda 3 ming nafardan ortiq jurnalist yig‘ildi