Bugungi kunda ta’lim - madaniyatni shakllantirishda, shaxsni rivojlantirishda va demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ta’limga sarmoya kiritish mamlakat kelajagiga sarmoya kiritish degan g‘oyaga tayanadigan bo‘lsak. Oliy ta’limni rivojlantirish nafaqat yuqori malakali kadrlarni shakllantiradi, balki ijodiy fikrlash, tadqiqotlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqishni rag‘batlantiradi. Ushbu omillar bugungi kungi qiyinchiliklarga moslasha oladigan barqaror jamiyatni shakllantirishga yordam beradi.

Yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin ijodiy jamoamiz bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘ldik va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdik. Universitetida yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda 546 o‘rinli talabalar turar joyi to‘liq tayyor holatga keltirilmoqda, shuningdek, 400 dan ortiq ijara xonadonlari ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ular umumiy hisobda 3 ming nafardan ortiq talabaning yashashi uchun mo‘ljallangan.  

Talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida universitetda Talabalarga ko‘mak markazi faoliyat olib bormoqda. Ushbu markaz turar joy masalalarida talabalar va ota-onalarga maslahat berish, ijara shartnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘maklashish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda. Shuningdek, turar joy bilan bog‘liq masalalarni tizimli ravishda o‘rganish va samarali yechim topish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, u joylarni adolatli taqsimlash, arzon va xavfsiz ijara variantlarini taqdim etish, yashash sharoitlarini nazorat qilish kabi ustuvor vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Universitet rahbariyati talabalar turar joyi va ijaraga oid muammolarni hal etishda doimiy monitoring olib borishni, qo‘shimcha imkoniyatlarni shakllantirishni va kelgusida yangi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirgan. Mazkur chora-tadbirlar yangi o‘quv yilida talabalarning qulay yashashi, samarali ta’lim olishi va ijtimoiy muhitga tez moslashishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek universitetda yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish jarayonida Prezidentimiz ilgari surgan “Besh muhim tashabbus” doirasida tashkil etilgan pazandachilik, tikuvchilik, go‘zallik xonasi, rassomchilik to‘garaklari va sport mashg‘ulotlari uchun ajratilgan xonalar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Endilikda talabalarning hunar o‘rganishlari, ijodiy salohiyatlarini namoyon etishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bunday imkoniyatlar yoshlarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni hunarga jalb etish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va kelgusida nafaqat mutaxassisliklari, balki qo‘shimcha kasb egaliklariga ham erishishlariga xizmat qiladi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, ta’lim rivojiga yo‘naltirilgan sarmoya kelajakka, xalq farovonligi va intellektual yuksalishini ta’minlaydigan sarmoyadir. Zero, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/G_5oGtM5yAo?si=hNX7ObVGro8Z8d87" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitet — yangi o‘quv yilini boshlashga shay (+video)